Jamiyat

Oqilov nega bemorlarga “Plakvenil” dorisi berilayotganini tushuntirdi

© SputnikMeditsinskiy preparat v kapsulax
Meditsinskiy preparat v kapsulax - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi shuncha gap-soʻzlarga qaramasdan nega bemorlarga haligacha “Plakvenil” dorisi berilayotganini tushuntirdi.

TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi. Unda mutaxassis nega bemorlarga haligacha “Plakvenil” dorisi berilayotganini tushuntirdi.

Brifing ishtirokchisi poliklinikadan berilgan dorilar orasida Vitamin S, “Azitromitsin” va xitoycha yozuvli qutida “Plakvenil” berishganini maʼlum qildi. Keyin “Plakvenil” dorisi atrofida shuncha gap-soʻzlar boʻlyapti, nega poliklinikalar haligacha uni tavsiya qilishyapti va bemorlarga berishyapti deya soʻradi.

“Dori vositasi borki, uning atrofida gap-soʻzlar boʻlaveradi. Lekin Oʻzbekistonning oʻzining tajribasi bor. Biz 12 mingga yaqin koronavirusga chalingan bemorlarni ayni shu dori vositasi yordamida tuzatib yubordik”, - dedi Oqilov.

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosining soʻzlariga koʻra, tizimli ravishda chet ellik hamkasblar bilan maslahatlashib, tajriba almashinib turilmoqda. AQSH, Braziliya, Hindiston davlatlarida davolash protokollarida “Plakvenil” saqlanib turibdi.

Skoraya pomoщ - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Botirbekov bemorlarni davolash, dori-darmon va karantin haqida

“Oʻtgan hafta bir guruh turkiyalik olimlar Oʻzbekistonga tashrif buyurishdi. Soʻralganda, ular ham Turkiyada ambulator sharoitida ham, statsionarda ham “Plakvenil” davolash standartlarida bor ekanini qayd etishdi”, - dedi mutaxassis.

Oqilov rossiyalik olimlar koronavirus kasalligining dastlabki kunlarida qisqa kurs bilan “Plakvenil” berish maqsadga muvofiq deb aytishganini qoʻshimcha qilgan.

Avvalroq ayrim mutaxassislar koronavirus bemorlarini davolashda nojoʻya taʼsiri xavfi yuqori boʻlgan vosita ekanligi haqida fikr bildirishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0