Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: 28 iyul asosiy xabarlari

© Sputnik / Fotobankka oʻtishGorodskaya klinicheskaya infektsionnaya bolnitsa v Kazaxstane
Gorodskaya klinicheskaya infektsionnaya bolnitsa v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bir sutka davomida 193 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 21 699 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Simvol stolitsы Kazaxstana - Bayterek - s vыsotы ptichyego poleta. Neveroyatnыy rakurs! - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qozogʻistonda 3 avgustdan karantin yengillashtiriladi

Bir sutka davomida 193 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 21 699  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanishlar: 122 nafari — Toshkent shahrida (50 nafari — aholi orasida, 72 nafari — Qozogʻistondan “Gʻishtkoʻprik” chegara posti orqali kelgan va Oʻrtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan), 32 nafari — Toshkent viloyatida, 21 nafari — Surxondaryo viloyatida, 18 nafari — Qashqadaryo viloyatida bemor bilan muloqot orqali yuqtirgan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 352 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 12 026 nafarga yetdi.

Ayni paytda 9 549 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida 3 bemor vafot etdi: Toshkentda 34 yoshli homilador ayol, 50 yoshli va 61 yoshli erkaklar.

Ularga “COVID-19” infektsiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Hamroh kasalliklar bilan ham ogʻrigan. Oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorlarning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda oʻpka shishidan vafot etgan.

Oʻzbekistonda jami 129 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Tahlil natijalari 

Koronavirusga tahlil natijalari haqida 3 kunda telefon orqali xabar beriladi.

Profilakticheskiye merы protiv rasprostraneniya koronavirusa v Seule - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tadbirkorlarga sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi beriladi

“Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” prezident farmoni qabul qilindi.

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash boʻyicha quyidagi kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.

Aviaparvozlar qachon tiklanadi

Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston aviareyslarni tiklashga tayyorlanmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlari birin-ketin aviaparvozlarni qayta tiklashga tayyorliklarini eʼlon qilmoqda. Bu haqda batafsil.

Dunyo salomatligi

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 16,5 milliondan oshdi, 654 ming kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (4,3 mln), Braziliyada (2,4 mln), Hindistonda (1,5 mln).

Yangiliklar lentasi
0