Jamiyat

Tadbirkorlarga sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi beriladi

© AP Photo / Lee Jin-manProfilakticheskiye merы protiv rasprostraneniya koronavirusa v Seule
Profilakticheskiye merы protiv rasprostraneniya koronavirusa v Seule - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Belgi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan uch xil turdagi – “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar boʻyicha 12 oy muddatgacha beriladi.

TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlarga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini oʻrganish va tahlillar natijalariga asosan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi”ni berish amaliyoti joriy qilinadi.

Vrachi v kabinete kompyuternoy tomografii meditsinskogo issledovatelskogo tsentra - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tashkil etildi

Belgi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan uch xil turdagi – “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar boʻyicha 12 oy muddatgacha beriladi.

“Yashil” toifadagi belgiga ega boʻlgan tadbirkorlik subʼyektlarining faoliyati Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan oʻrganilishi va tekshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilgan holatlar bundan mustasno).

Belgi tadbirkorlik subʼyektlarining tashabbusi bilan (ixtiyoriy) yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda davlat organlari tashabbusi bilan (majburiy) beriladi.

Yangiliklar lentasi
0