Dunyoda

Kreml COVID-19 boʻyicha dezinformatsiya tarqatishda Rossiyaga qarshi ayblovlarga javob berdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishVrachi v gospitale dlya lecheniya zarajennыx koronavirusnoy infektsiyey COVID-19
Vrachi v gospitale dlya lecheniya zarajennыx koronavirusnoy infektsiyey COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Amerika OAVlarida nashr etilgan Moskva koronavirus boʻyicha “dezinformatsiya” kampaniyasi haqidagi xabarlarni “betoʻxtov fobiya” deb atadi.

TOSHKENT, 29 iyul - Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Amerika OAVlarida nashr etilgan Moskva koronavirus boʻyicha “dezinformatsiya” kampaniyasi haqidagi xabarlarni “betoʻxtov fobiya” deb atadi.

Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin Rossiyadagi koronavirus bilan bogʻliq vaziyatga baho berdi

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya OAVlari COVID-19 bilan bogʻliq vaziyatni faol yoritmoqda, ammo jurnalistlarning sifatli va obʼyektiv ishlarida soxta narsalarni qidirishga hojat yoʻq.

"Rossiyaga kelsak, unda ham muammolar yoʻq emas, lekin bu qiyin davrdan oʻtmoqda. Boshqa mamlakatlarga qaraganda yaxshiroq oʻtmoqda. Haqiqatan ham barcha OAVlar AQSH ushbu davrda boshidan kechirayotganidagi jiddiy muammolarni koʻrsatmoqda. Shuning uchun bu holatda kimdir allaqanday dezinformatsiya haqida gapirsa ham, bu qandaydir “betoʻxtov fobiya”ga oʻxshab qolmoqda”, - deydi Dmitriy Peskov

Avvalroq Assoshieyted Press va The New York Times gazetalarida Rossiyani koronavirus pandemiyasi haqida yolgʻon maʼlumot tarqatishda ayblagan maqolalar chop etilgan edi.

Materiallar mualliflari taʼkidlashicha, Razvedka Bosh boshqarmasining ikki sobiq xodimi - Aleksandr Starunskiy va Denis Tyurin, amerikaliklarning kayfiyatiga taʼsir qilish maqsadida InfoRos, InfoBrics.org va OneWorld.press saytlari orqali COVID-19 haqida 150 ga yaqin haqiqatdan yiroq maqolalarni chop etishgan. OAV manbalariga koʻra, bu orqali Moskva noyabrda boʻlib oʻtadigan AQSH prezident saylovlariga taʼsir oʻtkazishga harakat qilmoqda.

Davlat dumasida amerikalik jurnalistlarning bayonotlari soxta va saylovoldi tashviqoti deb nomlandi, Federatsiya Kengashi Xalqaro qoʻmitasi rahbarining birinchi oʻrinbosari, FSB generali Vladimir Djabarov esa Rossiya AQShdan farqli oʻlaroq, boshqa davlatlarni koronavirus tarqalishida ayblamaganligini va bunday maqolalarning maqsadi “tashqi dushmanni topish”, - deb taʼkidladi.

Rossiya va dunyodagi COVID-19 bilan bogʻliq soʻnggi maʼlumotlar stopcoronavirus.rf portalida keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader