TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Singapur olimlari odamlarda COVID-19 ga qarshi oʻziga xos immunitetni aniqladi. Tadqiqot natijalari "Nature" ilmiy jurnalida eʼlon qilindi.
Tadqiqotchilar odamlar (oldin koronavirusga chalinmagan)ning 50 foizdan koʻprogʻida COVID-19'ga qarshi oʻziga xos T-hujayrali immunitetni aniqladilar. Ushbu hujayralar, antitanachalar singari, infektsiyalangan hujayralarni oʻldirish qobiliyatiga ega boʻlganligi sababli virusli infektsiyalarga qarshi immunitetning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Taʼkidlanishicha, koronavirusga chalinish va uning taʼsir qilishi uzoq muddatli T-hujayra xotirasini shakllantirishga olib keladi, bu hozirgi pandemiyani jilovlash va COVID-19ga qarshi vaktsinalarni ishlab chiqishga yordam beradi. 17 yil oldin SARS dan davolangan bemorlar, 2003 yildagi kasallikdan keyin, hali ham T-hujayralari xotirasiga va yangi koronavirusga qarshi immunitetga ega ekanligi maʼlum boʻldi.
"Bu boshqa koronaviruslar taʼsir qilish natijasida olingan immunitetga bogʻliq boʻlishi mumkin", - dedi tadqiqot ishtirokchilaridan biri, professor Antonio Bertoletti.
Olimlar T-hujayralar COVID-19 dan himoya qilishi mumkinligini bilish uchun kengroq tadqiqot oʻtkazishni rejalashtirmoqda.