Afg‘oniston hukumati 4 mingdan ziyod mahbus toliblarni ozod qildi

© Sputnik / Aleksandr Khrolenko Kabul
Kabul - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Tolibon”* o‘z navbatida payshanba kuni kechqurungacha yana 79 nafar mahbusni ozod qilib, shu bilan 1002 nafar afg‘on mahbusini ozod qilishni yakunlash niyatida.

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Afg‘onistonning ikkinchi vitse-prezidenti Muhammad Sarvar Donish afg‘on hukumati 5000 tolib mahbusdan 4600 nafarini qamoqxonadan ozod qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda mahalliy 1 TV News telekanali xabar qildi.

“Tolibon”* radikal harakati o‘z navbatida payshanba kuni kechqurungacha yana 79 nafar mahbusni ozod qilib, shu bilan 1002 nafar afg‘on mahbusini ozod qilishni yakunlash niyatida. Bu haqda telekanalning harakatga yaqin manbasi ma’lum qilgan.

Prezentatsiya kulinarnogo konkursa na luchshee prigotovlenie uzbekskogo plova - Sputnik O‘zbekiston
"Uch kunlik tinchlik": "Tolibon" Qurbon bayram vaqtida o‘t ochishni to‘xtatishga qaror qildi

Toliblar Afg‘oniston hukumatidan AQSh bilan kelishuv asosida 5000 mahbusni ozod qilishni talab qilmoqda. Harakat Qobulni “afg‘onlararo muzokaralarni boshlashga” yo‘l ochish uchun ozod qilish jarayonini imkon qadar tezroq tugatishga chaqirmoqda.

Fevral oyining oxirida, Qatarda bo‘lib o‘tgan marosimda AQSh va “Tolibon”* 18-yildan ko‘proq davom etgan urushda birinchi bor tinchlik bitimini imzoladilar, u 14 oy ichida chet el qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishni va mart oyida mahbuslar almashinuvi bitimidan keyin afg‘onlararo muloqotni boshlashni ko‘zda tutadi.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0