Bosh epidemiolog Nurmat Otabekovda COVID-19 aniqlandi

© Ministerstvo zdravooxraneniya respubliki UzbekistanGlavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov
Glavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pandemiya boshlangan vaqtdan buyon Otabekov doimiy ravishda omma oldida paydo bo‘lib, Respublikadagi epidemiologik vaziyat haqida ma’lumot berib kelayotgan edi. 

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. O‘zbekiston Sanitar-epidemiologik nazorati xizmati bosh epidemiologi Nurmat Otabekovda COVID-19 aniqlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

"Test natijalariga ko‘ra Nurmat Satiniyazovich COVID-19 bilan kasallangani aniqlandi. Kasallik yengil ko‘rinishda kechmoqda, hozir u kishi shifoxonada kerakli mulajalarni olmoqda", - dedi muassasa vakili. 

Otabekovning o‘zi mahalliy OAVlarga bergan intervyusida ushbu kasallikni koronavirusga chalingan bemorlar bilan uchrashgan vaqtida yuqtirgan bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tdi. Bosh epidemiolog pandemiya boshlangan kundan beri doimiy ravishda omma oldida paydo bo‘lib, Respublikadagi epidemiologik vaziyat haqida ma’lumot berib kelayotgan edi. Undan tashqari shifokor davolash muassasalarida bo‘lib, bemorlar bilan ham uchrashgan.  

Otabekov so‘nggi marotaba omma oldida 27-iyul kuni paydo bo‘lgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0