SSV: O‘zbekistonda 172 nafar koronavirus bemori o‘ta og‘ir ahvolda

© Sputnik / Tatyana Makeyeva / Mediabankka o‘tishRabota medikov s bolnimi COVID-19
Rabota medikov s bolnimi COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda mamlakatda 9 803 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 365 nafari og‘ir, 172 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallangan soni 287 nafarga ko‘payib, 22 872 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Glavniy saninspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston
Bosh epidemiolog Nurmat Otabekovda COVID-19 aniqlandi

Yangi kasallanganlarning 58 nafari Toshkent shahridagi karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 116 nafari Toshkent viloyatida, 43 nafari Samarqand viloyatida, 23 nafari Andijon viloyatida, 15 nafari Surxondaryo viloyatida, 11 nafari Navoiy viloyatida, yana 11 nafari Namangan viloyatida hamda 10 nafar Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

"Hozirda mamlakatimizda 9 803 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 365 nafari og‘ir, 172 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda", - deyilgan xabarda.

Shu paytga qadar 12 937 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog‘aygan. 132 nafar bemor virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0