Tramp AQShda prezident saylovlarini qoldirish masalasini ko‘tardi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti saylovlari 2020-yil 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Tramp uni koronavirus tufayli boshqa kunga ko‘chirish mumkinligi haqida savol bilan murojaat qildi.

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus tufayli pochta orqali ovoz berishga to‘g‘ri kelmasligi uchun 2020-yil noyabr oyida rejalashtirilgan prezidentlik saylovlarini boshqa kunga qoldirish yaxshiroq bo‘lishini taxmin qildi. Bu haqda u Twitterʼdagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, pochta orqali ovoz berish “eng noaniq natijalarni” berishi mumkin.

“Odamlar to‘g‘ri, ishonchli va xavfsiz ovoz bera olishmas ekan, saylovlar boshqa kunga ko‘chirilsinmi???”, - deya savol bilan yuzlagan Amerika yetakchisi.

Tramp bir necha marta pochta orqali ovoz berishni tanqid qilgan edi. Shu tufayli Twitter uning ikkita postini yolg‘on ma’lumot sifatida belgilagan edi.

AQSh prezidenti saylovlari 2020-yil 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Amerikada 4,3 milliondan ziyod koronavirus bilan kasallanish qayd etilgan. Qurbonlar soni 150 mingdan oshgan.

Yangiliklar lentasi
0