Infografika

VW Caddy - oddiy "boʻgʻirsoq tashuvchi" emas

Oʻzbekistonda yaqinda sotuvga chiqarilgan, “Jizzax Avto” zavodida 2022 yilda ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan VW Caddu avtomobili haqida biz nimalarni bilamiz?

Sizning oilangiz katta, yoki ishxonangiz uchun ham odam tashish ham kichik yuklarni tashishga moʻljallangan universan avtomobil kerak boʻlsa - VW Caddy buni eplay oladi, deyilgan kompaniya saytida. 

Darhaqiqat, ushbu kichik furgon avtomobilining ustuvor tomonlari bir necha: 

  • 7 kishigacha odam
  • 750 kilogacha yuk
  • 3 metr kubgacha hajm
  • boshqarishda yengil avtomobildek qulay va ishonchli

Bu ham yetmasa Yevropa avtomobillariga xos boʻlgan bejirim lekin did bilan yaratilgan tashqi koʻrinish uzoq yillar davomida "modadan qolmaydi" va joningizga tegmaydi. Shuningdek avtomobil ekspertlari uni Folksvagenga xos boʻlgan ergonomika va sozlangan boshqaruvchanlik xususiyati borligini eʼtirof etishgan. 

Bularning barchasi mujassam boʻlgan avtomobilni endi Oʻzbekistonda xarid qilish mumkin. Ikki yildan soʻng esa u Jizzaxdagi avtomobil zavodida ishlab chiqarila boshlanadi. Oʻshanda balkim narxi ham arzonroq boʻlar. 

Yevropaning ommaviy tijorat avtomobili boʻlgan VW Caddy haqida batafsil infografikamizda tanishing. 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader