Virus blokatorlari reklamasi yolg‘on - Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi

© Press-slujba GTKV Tashkente mujchina pitalsya prodat blokatori virusov za 306 millionov sumov
V Tashkente mujchina pitalsya prodat blokatori virusov za 306 millionov sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Virus blokatorlari reklamada aytilganidek, insonni 99% viruslardan himoya qilishi hech qayerda tekshirilmagan va tasdiqlanmagan - Oqilov.

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi oxirgi paytlarda shaxsiy himoya niqobi, qo‘lqop va antiseptik kabi ommaviylashib borayotgan virus blokatorlarining himoya xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. 

Agentlik ushbu himoya vositalari, reklamada aytilganidk insonni 99 % viruslardan hmioya qilmasligini xabar qilingan. 

Xususan, ushbu vositalar reklamasida ularning tarkibidagi qattiq xlor dioksidi odam atrofida 1 metr masofani "dezinfeksiya qilishi" va barcha virus, bakteriya, zamburug‘lar va allergiya qo‘zg‘atuvchilar bilan kurashish imkoniyatiga ega, deyilgan. Undan tashqari ushbu blokatorlar qush grippi, gepatit, pnevmoniya, O‘RVI, zotiljam, sil, meningit va boshqa asosiy pandemiyaga olib keluvchi viruslardan ham himoya qilishi aytib o‘tilgan. Vaholanki, hech qayerda ularning ushbu xususiyatlarini tasdiqlovchi tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Bu haqida xorijiy OAVlarda ham xabar qilingan, deyilgan xabarda.

Shuningdek, Agentlik bu borada Koronavirusga qarshi kurashish shtabining a’zosi Xabibulla Oqilovning so‘zlarini keltirgan.  

"Afsuski, ushbu vositaning samaradorligi haqidagi da’volar mazkur blokatorlarning havodagi viruslarni zararsizlantirishga qodirligini isbotlaydigan ilmiy asosga ega emas. Darhaqiqat, xlor dioksidi gripp virusi faolligini kamaytirgan tadqiqotlar mavjud, lekin buning uchun, birinchi navbatda ushbu moddani inson yon-atrofga sepish zarur bo‘ladi, plastik yoki qog‘oz sirtiga emas. Bundan tashqari, tajribada vosita faqat bir kasallik qo‘zg‘atuvchisi uchun sinovdan o‘tkazilgan, ishlab chiqaruvchi esa uni 99% mavjud bo‘lgan mikrotanalardan himoya qilishini ta’kidlamoqda", - degan edi Oqilov blokatorlar haqida.   

Ushbu munosabat bilan, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi noto‘g‘ri reklama tarqalishini oldini olish maqsadida, zarur choralarni ko‘rmoqda. Vvirus blokatorlari ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va tarqatuvchilarga reklama qonun hujjatlari talablariga qat’iy amal qilish to‘g‘risida ogohlantiruvchi xatlar yuborildi.

Yangiliklar lentasi
0