Koronavirusdan ham xavfliroq: Olimlar yangi tahdid haqida

© RIA NovostiZagraznenie vozduxa
Zagraznenie vozduxa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimlar aniqlashiga ko‘ra Yer shari havosi ifloslanishi har bir inson umirini 2-yilga qisqartirayotgan ekan.

TOShKENT, 31-iyul - Sputnik. Olimlar koronavirus pandemiyasidan ham jiddiyroq tahdidni oshkor qilishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu har xil kasalliklar, shu jumladan OITS, tuberkuloz va havoning ifloslanishidir. Bu haqda Sputnik radiosi argumenti.ru nashriga tayanib yozmoqda.

AQLI tashkiloti hisobot tayyorladi. Unda ifloslangan havo Yerning har bir fuqarosining hayotini 2-yilga qisqartirishi aytilgan. Tadqiqotchilar ba’zi mamlakatlarda bu muammo haqiqatan ham dolzarb ekanligini ta’kidladilar. Tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, Hindiston va Bangladeshda zararli chiqindilar tufayli umr o‘rtacha 10-yilga qisqarmoqda.

Olimlarning ta’kidlashicha, havoning ifloslanishi, shu jumladan, COVID-19 uchun asosiy xavf omilidir.

Ko‘plab Yevropa mamlakatlarida, Yaponiya va AQShda havo tozaligi ta’minoti bo‘yicha dasturlar mavjud, deya qo‘shimcha qildi ular.

Yangiliklar lentasi
0