Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: 31 iyul asosiy xabarlari

© Sputnik / Yevgeniy Samarin / Fotobankka oʻtishTsentr krovi imeni O.K. Gavrilova prinimayet donorskuyu plazmu COVREC
Tsentr krovi imeni O.K. Gavrilova prinimayet donorskuyu plazmu COVREC - Sputnik Oʻzbekiston
Bir sutka davomida 502 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 23 773 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 31 iyul — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Oʻzbekiston musulmonlari pandemiya paytida Qurbon hayitni qanday nishonlashdi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Oʻzbekiston musulmonlari pandemiya paytida Qurbon hayitini qanday nishonlashdi

Bir sutka davomida 502 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 23 773  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 151 nafari Toshkent shahrida, 35 nafari Buxoro viloyatida, 19 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 524 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 14 204 nafarga yetdi.

Ayni paytda 9 430 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida uch bemor - Toshkentda 55 yoshli erkak, 67 yoshli va 60 yoshli ayollar vafot etdi.

Ularga “COVID-19” infektsiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Hamroh kasalliklar (qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, zoʻriqish stenokardiyasi, gipertoniya) bilan ham ogʻrigan. Oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorlarning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda oʻpka shishidan vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 139 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Navoiy viloyati hokimi koronavirusga chalindi

Navoiy viloyati hokimi Toshkent shahrida davolanmoqda. Navoiy viloyati hokimi Kobul Tursunov 27 iyulidan buyon Toshkent shahrida davolanmoqda.

Tursunov oʻtgan 4 kun davomida malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan sogʻliqni saqlash vazirligi tavsiyalariga muvofiq  ishlab chiqilgan standartlar asosida davolash kurslarini oʻtamoqda.

Zagryazneniye vozduxa - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirusdan ham xavfliroq: Olimlar yangi tahdid haqida

Avtomobillar harakatiga cheklov

Qurbon hayiti bayramida, shuningdek 1-2 avgust – shanba-yakshanba kunlari butun respublika boʻylab avtotransport vositalari harakati kuchaytirilgan tartibda cheklanadi.

Hayit bayramini oila davrasida, kamtarona, karantin qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazish tavsiya etiladi.

Yangi davolash markazi

Zangiotadagi “Nazarbek” sanatoriyasi koronavirus bemorlarini davolash kompleksiga aylantirildi. Bemorlarni davolashga 90 nafar tibbiyot xodimi jalb qilingan.

Dunyo salomatligi

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 17,3 milliondan oshdi, 673 ming kishi vafot etdi, 10,1 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (4,5 mln), Braziliyada (2,6 mln), Hindistonda (1,6 mln).

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala