Hodisalar

Oʻzbekiston Qahramoni, senator Musa Yerniyazov koronavirusdan vafot etdi

© Telegram / Koronavirus InfoPredsedatel Jokargы Kenesa Karakalpakstana Musa Yerniyazov
Predsedatel Jokargы Kenesa Karakalpakstana Musa Yerniyazov - Sputnik Oʻzbekiston
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisida sal oldin koronavirus infektsiyasi aniqlangan edi

TOSHKENT, 31 iyul - Sputnik. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari, taniqli davlat va jamoat arbobi Musa Yerniyazov 73 yoshida olamdan oʻtdi.

Kuni kecha Yerniyazovning ahvoli ogʻir, u sunʼiy nafas olish apparatiga ulanganligi xabar qilingan edi.

Eslatib oʻtamiz, bugun Oʻzbekistonning yana 5 hududida 215 kishida koronavirus aniqlanib, jami bemorlar — 23 773 nafarga yetdi.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, yer yuzida 16,8 milliondan ortiq kishi koronavirus infektsiyasi bilan bemorlangan, 662 ming kishi qurbon boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala