Analitika

Simonov: suv resurslarini taqsimlash Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun oʻta ogʻriqli masala

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishDirektor Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Konstantin Simonov
Direktor Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Konstantin Simonov - Sputnik Oʻzbekiston
Milliy energetik xavfsizlik fondi bosh direktori Konstantin Simonov Markaziy Osiyo mintaqasi va Tojikistonning gidroenergetika sohasidagi muammolariga sharh berdi

Tojikiston Oʻzbekiston va afgʻonistonga elektr energiyasini uzatishni toʻxtatmoqda. Mamlakatning ichida ham elektr energiyasini uzatishda cheklovlar kiritilmoqda. Qaror Nurek suv omboridagi suv sathining misli koʻrilmagan darajada pasayib ketishi bilan bogʻliq.

Linii elektroperedach v okrestnostyax sela Partizanskoye v Krыmu - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Tojikiston Oʻzbekiston va Afgʻonistonga elektr energiyasini yetkazib berishni toʻxtatmoqda

 

Milliy energetik xavfsizlik fondi bosh direktori Konstantin Simonovning soʻzlariga koʻra, Markaziy Osiyo mintaqasining energetika sohasi va boshqa segmentlaridagi asosiy muammo shundaki, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin mustaqillik toifasida fikrlashadi, garchi ularning suverenitetini hech kim shubha ostiga qoʻymasada.

"Birinchidan, davlatlar koʻpincha vaziyatga kompleksda qarashni, yaʼni kooperatsiya yoki boshqa narsa uchun qanday imkoniyatlar borligini bilishni xohlashmaydi. Ikkinchidan, qoʻshnilar bilan muloqotda iqtisodiy yoki energetik kuzirga ega boʻlish uchun ular har doim allaqanday dalillarni topishga harakat qiladilar: yaʼni "menda shunday narsa borki, siz buni inkor eta olmaysiz" mazmunida", - deya tushuntiradi Sputnik Tojikiston bilan suhbatda ekspert.

Zaveduyuщiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Grozin: MO davlatlarini suv tanqisligi kutmoqda, inqirozni faqat birgalikda yengish mumkin

Simonov suv zaxiralari taqsimotini Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun koʻplab mojarolarni keltirib chiqaruvchi ogʻriqli muammo deb atadi. Uning soʻzlariga koʻra, suv mavzusi energetika bilan chambarchas bogʻliq, sababi shu tufayli tabiiy kataklizmalar roʻy beradi.

"Qurgʻoqchilik - ushbu regionda koʻp uchrab turadigan holatdir. Hozir ushbu holatni Tojikistonda kuzatmoqdamiz: suv resurslari ketdi, tabiiyki, gidroenergiyani ishlab-chiqarish imkoniyati tushib ketdi. Tojikistonning oʻzi ham, qoʻshni davlatlar ham aziyat chekmoqda. Ammo bu holat kutilmagan emas. Nega deganda, ushbu region iqlimi yozgi qurgʻoqchilik davrlarini koʻzda tutadi, bu borada hech qanday mexanizm mavjud emas, shu bois, muntazam ravishda bu kabi murakkab holatlar yuz berib turadi", - deya izoh berdi Simonov.

Gidroenergetik tizim obʼyektiv tarzda davlatlarni bogʻlab turadi, deya qayd etdi ekspert.

"Menimcha, bu vaziyatdan harakat chizigʻini tubdan oʻzgartirib va ​​qandaydir kooperatsiyaviy modellarni yaratish kerakligini anglagan holda chiqish mumkin", - deya xulosa qildi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala