Turistlar chegaralar ochilgach qayerda dam olmoqchi - so‘rov natijasi

© AFP 2023 / Getty Images / Cliff HawkinsJenshina s zashitnim ekranom na litse na plyaje v Mayami-Bich, Florida
Jenshina s zashitnim ekranom na litse na plyaje v Mayami-Bich, Florida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumatdagi manbalardan olingan ma’lumotlar asosida OAVda berilayotgan xabarlarga ko‘ra, tez kunlarda Vengriya, Maldiv orollari, Janubiy Koreya va BAAga parvozlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi

TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. Onlayn-servis orqali so‘roqqa tutilgan turistlar, yaqin kunlarda qator davlatlar bilan avia-parvozlar qayta tiklanadigan bo‘lsa, yoz oyiga doir rejalaringizni o‘zgartirishga tayyormisiz, degan savolga javob berdilar, deb xabar qilgan OneTwoTrip.

Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston turistlarni qabul qilishga tayyorlanmoqda

OAVda "hukumatdagi manbalarga tayangan holda" berilayotgan xabarlarga ko‘ra, tez kunlarda Vengriya, Maldiv orollari, Janubiy Koreya va BAAga parvozlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Kompaniya mutaxassislari 2200 nafar foydalanuvchilar orasida tadqiqot o‘tkazgan va ishtirokchilarning 79 foizi yuqorida sanab o‘tilgan davlatlarda bo‘lishni istashlari ma’lum bo‘lgan.

Shu bilan birga turistlarning deyarli teng yarmi (45 foizi), agar ushbu parvozlarga avgust oyi davomida ruxsat berilsa, u holda ular hordiq chiqarishga doir rejalarini o‘zgartirmasliklarini aytishgan.

Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston koronavirusdan xoli turistik jozibador mamlakatlar ro‘yxatiga kirdi

So‘rovda qatnashganlarning aksari (77 foizi) pandemiya vaqtida chet elga sayohat qilish istagi ularda o‘z jozibadorligini yo‘qotmaganini aytishgan. Shu bilan birga, sayohatchilarning 63 foizi chet davlatlarga kuzga qadar safarga borishni xohlamagan bo‘lishlarini tan olganlar.

Turistlar fikricha, tez orada Tailandga safarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. So‘roqqa tutilganlarning chorak qismi shunday fikrda. Turistlarning har beshinchisi Gretsiya birinchi bo‘lib o‘z chegarasini ochishini bildirgan.

Ovoz berishda ishtirok etganlarning 12 foizi Ispaniyaga safar qilish istagini bildirgan, Malta, Xorvatiya va Chernogoriya uchun turistlarning sakkiz foizi ovoz bergan. Shu yili sayohatchilar borishni istagan mamlakatlar orasida shuningdek, MDH davlatlari, Shri-Lanka, Kipr, Dominikana, Vyetnam, Meksika, Kuba, Marokash va Yaponiya sanab o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0