Qozog‘istonda qurbonlikka olingan buqa dengiz tomon qochib ketdi – video

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishJivotnovodcheskiy kompleks
Jivotnovodcheskiy kompleks - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda qurbonlikka olingan buqa Kaspiy dengiziga tushib, 15 km masofaga qochib ketdi. Politsiya xodimlari buqani dengizdan chiqarib, egasiga qaytarib berdi.

TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Bugun, juma kuni Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida juda hayajonli voqea sodir bo‘ldi - sotib olingan buqa egasidan Kaspiy dengizi tomon qochib ketdi.

"Aktau-Lada" nashri yozishicha, jonivor dengizda 15 masofaga qochishga muvaffaq bo‘ldi.

Ammo politsiyachilar buqani tutib olib, egasiga qaytarib berishdi.

Buqa qanday maqsadda sotib olinganligi haqida ma’lumot berilmagan.

Video muallifi "jonivor qurbonlikka olinganligini sezib, qochib ketdi", deya hazil qildi.

Yangiliklar lentasi
0