Chet eldagi O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish uchun 24ta maxsus reys tashkil etiladi

© Uzbejistan AirportsV Samarqand priletel ocherednoy charter iz Sankt-Peterburga
V Samarqand priletel ocherednoy charter iz Sankt-Peterburga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun navbatdagi charter reyslar jadvali tasdiqlandi

TOShKENT, 1 avg - Sputnik. 2-avgustdan 16-avgustga qadar O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish bo‘yicha charter reyslar ro‘yxati tasdiqlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati.

Passajir v zale ojidaniya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan qaytarish uchun yangi charter reyslar jadvali e’lon qilindi

"Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga olib kelish uchun navbatdagi charter reyslarining jadvali tasdiqlandi. Unga ko‘ra joriy yilning 2-avgustdan 16-avgust kunlari davomida 24 ta reys orqali xorijdagi fuqarolar evakuatsiya qilinadi", - deyiladi xabarda.

2 - 16-avgust kunlariga belgilangan reyslar jadvali:

3 avgust: Seul-Toshkent-Seul; Toshkent-Yekaterinburg-Samarqand; Toshkent-Qozon-Samarqand (Talabalar uchun); Toshkent-Moskva-Toshkent

4 avgust: Toshkent-Istanbul-Toshkent

5 avgust: Toshkent-Seul-Toshkent; Qohira-Toshkent-Qohira

6 avgust: Toshkent-Dubay-Toshkent

Airbus A320-200 aviakompanii SmartLynx Airlines - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa davlatlaridan charter reys bilan 220 nafar kishi olib kelindi

6-7 avgust: Toshkent - Nyu -York - Toshkent; Toshkent-Tokio-Toshkent

7 avgust: Toshkent-Rostov Don-Namangan

7-8 avgust: Toshkent-Pekin-Toshkent (Talabalar uchun)

8 avgust: Toshkent-Sankt-Peterburg-Namangan

9 avgust: Toshkent-Moskva-Namangan

10 avgust: Seul-Toshkent-Seul; Toshkent-Dehli-Toshkent; Qohira-Toshkent-Qohira

V Samarqand priletel ocherednoy charter iz Sankt-Peterburga - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand aeroportida Sankt-Peterburgdan navbatdagi charter kutib olindi

11 avgust: Toshkent-Moskva-Toshkent.

12 avgust: Toshkent-Seul-Toshkent; Toshkent-Qozon-Toshkent

13 avgust: Istanbul-Toshkent- Istanbul

13-14 avgust: Toshkent - Nyu-York- Toshkent

15 avgust: Toshkent-Moskva-Toshkent

16 avgust: Toshkent-Sankt-Peterburg-Toshkent.

Yangiliklar lentasi
0