Mirziyoyev Yerniyazov taʼziya marosimida ishtirok etish uchun Nukusga joʻnab ketdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining raisi – Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov kuni kecha oʻtkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etgan edi.

TOSHKENT, 1 avg - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nukus shahriga joʻnab ketdi, deb xabar bermoqda oʻzbek yetakchisi matbuot-xizmati.

Predsedatel Vыsshego Kengesha Respubliki Karakalpakstan Musa Yerniyazov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev Oʻzbekiston Qahramoni Yerniyazov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev Nukusda 1 avgust kuni boʻlib oʻtadigan Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, Oʻzbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov xotirasiga bagʻishlangan taʼziya marosimlarida ishtirok etadi.

Atoqli davlat va jamoat arbobi, Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi raisi – Oʻzbekiston Respublikasi Senati Raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Qahramoni Musa Tajetdinovich Yerniyazov shu yil 31 iyul kuni 73 yoshida ogʻir kasallikdan soʻng vafot etdi.

Musa Tajetdinovich Yerniyazov Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari sifatida mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatda parlamentarizm tizimini rivojlantirish ishiga ulkan hissa qoʻshgan, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot uchun zarur boʻlgan muhim qonunlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻlida ayniqsa  faollik koʻrsatgan.

Musa Yerniyazovning davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari munosib taqdirlangan. U "Mehnat shuhrati" va "Fidokorona xizmatlari uchun" ordenlari, "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi" va "Oʻzbekiston qahramoni" degan yuksak unvonlar bilan mukofotlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala