Rossiyada COVID-19 vaktsinasi tayyor. Emlash ishlari medik va oʻqituvchilardan boshlanadi

© AP Photo / Sakchai LalitVaktsina ot COVID-19 vo vremya testirovaniya v issledovatelskom tsentre vaktsin
Vaktsina ot COVID-19 vo vremya testirovaniya v issledovatelskom tsentre vaktsin - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash ishlari oktyabr oyida boshlanadi. Privivkalarni birinchi boʻlib tibbiyot xodimlari va oʻqituvchilar oladilar.

TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi N.F.Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan, koronavirus infektsiyasiga qarshi vaktsinalarning klinik sinovlari yakunlandi. Bu haqda jurnalistlarga RF sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko maʼlum qildi. Ayni vaqtda vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.

Vaktsina ot COVID-19 vo vremya testirovaniya v issledovatelskom tsentre vaktsin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada koronavirusga qarshi vaktsinaning 26 ta varianti yaratilmoqda

"Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan, koronavirus infektsiyasiga qarshi vaktsinaning klinik tadqiqotlari yakunlandi va hozirda uni roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni uchun hujjatlar toʻplami tayyorlanmoqda", - dedi Murashko.

Vazir xabariga koʻra, aholini ommaviy emlash ishlari mediklar va oʻqituvchilardan boshlanadi.

"Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi olingach, qoʻllanila boshlaydi va parallel ravishda (kuzatuv ishlari) olib boriladi, vaktsinatsiya alohida guruhlardan boshlanadi - bu birinchi navbatda mediklar va oʻqituvchilardir, bundan tashqari vaktsina qilingan bemorlar ustidan nazorat ishlari boshlanadi", - dedi Murashko jurnalistlarga.

Vazirning soʻzlariga koʻra, Rossiyada koronavirus infektsiyasiga qarshi ommaviy vaktsinatsiya oktyabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala