Migratsiya

Rossiyaning Amur viloyatiga joʻnab ketgan Oʻzbekiston fuqarolari boʻyicha qoʻshimcha izoh berildi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishInostrannыe grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti.
Inostrannыe grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti. - Sputnik Oʻzbekiston
Kuni kecha Amur viloyatiga joʻnab ketgan mehnat migrantlarining faoliyati doimiy monitoring qilib boriladi. Ish beruvchi tashkilotning esa 13 iyul kuni oʻzbekistonlik mehnat migrantlari ishtirokida tartibsizliklar yuz bergan tashkilotga aloqasi yoʻq.

TOSHKENT, 1 avg - Sputnik. Kuni kecha, 31 iyul kuni, 144 nafar Oʻzbekiston fuqarolarining RFning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun charter reys orqali uchib ketishgani ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab boʻldi. Internet foydalanuvchilarining aksariyati ushbu fuqarolar oʻzbekistonlik mehnat migrantlari ishtirokida iyul oyida tartibsizliklar yuz bergan tashkilotga joʻnatilgani haqida izohlar qoldirishgan.

Genkonsul Mexriddin Xayriddinov posetil Amurskuyu oblast dlya uregulirovaniya intsindenta s uchastiyem grajdan Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Amur viloyatidagi muammoning yechimi topildi - elchixona

Maʼlumot uchun, 2020 yilning 13 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Amur viloyati Svobodnыy tumanidagi "Renaissance Heavy Industries" kompaniyasiga tegishli vaqtinchalik vaxta shaharchasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirokida ommaviy tartibsizliklar yuz bergan edi.

OAV xabarlarida aytilishiga koʻra, ish haqi toʻlanmaganligi tufayli kelib chiqqan mojaro oqibatida 300ga yaqin ishchilar korxonaga tegishli boʻlgan bir necha avtomobillarni agʻdarib tashlagan. 

 

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati eʼlon qilgan bayonotga koʻra, Oʻzbekistonning qator masʼul tashkilotlari saʼy-harakatlari bilan erishilgan kelishuvga muvofiq "labor migration" dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun joʻnatilgan. Ularning Rossiyada ishlashi doimiy monitoring qilib boriladi. Ish beruvchi tashkilotning esa 13 iyul kuni oʻzbekistonlik mehnat migrantlari ishtirokida tartibsizliklar yuz bergan tashkilotga aloqasi yoʻq.

Stroitelstvo Amurskogo gazopererabatыvayuщego zavoda - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Amur viloyatida ishchilar maoshidan 14 million ushlab qolingani aniqlandi

Shuningdek, Amur viloyati Svobodnыy tumanidagi "Renaissance Heavy Industries" kompaniyasiga tegishli vaqtinchalik vaxta shaharchasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirokida yuz bergan hodisa Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi tomonidan nazoratga olgani, mazkur masala boʻyicha Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa vakolatli organlari bilan muloqot boshlangani maʼlum qilingan edi.

"31 iyul kuni joʻnab ketgan 144 nafar hamyurtlarimizning Oʻzbekistondan samolyotda uchib borish, yashash, patent va boshqa xarajatlari ish beruvchi tomonidan toʻlab berilishi, shuningdek, ularning oylik ish haqi oʻrtacha 40 - 60 ming rublni tashkil etishi belgilangan", - deyiladi bayonotda.

Shu oʻrinda agentlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan turli asossiz maʼlumotlarni tarqatmasliklarini, ishonchsiz axborotlar bilan odamlarni chalgʻitmasliklarini soʻrab qolgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala