Shimoliy Koreya vaksina tayyorlamoqda? Yaxshilik kutmang, dedi qo‘rquv aralash shvedlar

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSeremoniya otkritiya novogo jilogo kompleksa na ulitse Romon v Pxenyane
Seremoniya otkritiya novogo jilogo kompleksa na ulitse Romon v Pxenyane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pxenyan koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishga yaqin ekanligini ma’lum qildi. Yaxshi-ku, to‘g‘rimi? Yo‘q. Chunki KXDRda yaxshi narsaning o‘zi bo‘lishi mumkin emas. Shved jurnalistlari va ekspertlari mahalliy aholini shunday deya qo‘rqitmoqda

Muallif Artur Bobrov, Sputnik radiosi

Shimoliy Koreyada yaxshi narsaning o‘zi bo‘lishi mumkin emas, vaksina ko‘rinishida esa ular biologik qurol ishlanmalarini yashirganlar. Shved aholisini mahalliy jurnalistlar va ekspertlar taxminan shunday qo‘rqitishmoqda.

Deti igrayut pod struyami fontanov v Nisse, Fransiya - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19 suvda qancha yashaydi - yangi tadqiqot

Shunday qilib, KXDR to‘satdan, o‘zi G‘arb olamida hamma narsa to‘satdan ro‘y beradi, koronavirusga qarshi vaksinani yaratishga yaqinligini e’lon qildi. Xabar qilinishicha, sinovlar sut emizuvchilar sinfining eng yuqori turkumi - primatlar otradi, gominidlar oilasi Odamlar naslida allaqachon boshlangan.

Bu tabiiyki, ilgarilab ketgan dunyoga alam qildi va u darhol bu ishdan qing‘irliklar izlashga kirishdi. Qanaqasiga Koreya? Yana qanaqa Koreya? Shimoliy, nimalar deyapsiz? "Yovuzlik saltanatimi"? Bo‘lishi mumkin emas va bu juda yomon. Va hokazolar.

Ko‘pchilik, chindan ham, qandaydir yaxshi narsalarni "yovuz odamlar" kashf qilishi mumkinligini tasavvur qilishga qodir bo‘lmaydi. Ammo, bir qarashda, agar ushbu ertakmonand mantiqqa tayanib fikrlaydigan bo‘lsak, yovuzlar bu ishni hatto yaxshiroq uddalashi kerak. Ular o‘z fikrlarini bir joyga jamlagan bo‘ladi, moychechaklarga xayoli bo‘linmaydi, internetda mushuklarni ham tomosha qilmaydi, keksa ayollarni yo‘ldan o‘tkazmaydi - tishini tishiga qo‘yib o‘zining "yovuz ishi" bilan shug‘ullanadi.

Rossiyskie turisti vinujdeni prodlit prebivanie vo Vyetname v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
JSST Vyetnamda COVID-19 ning yanada yuqumli shakli tarqalgani yuzasidan munosabat bildirdi

Bu intizom, yovuzlarning rahbari ham o‘ta yovuz - oxirgi tomchisigacha qoldirmay siqib oladi. Xullas, ertakona kartinalar chizib o‘tirmaymiz, chunki bunday narsalar g‘arb matbuotida keragidan ortiq.

Xo‘sh, KXDR singari mamlakatda nimalarni amalga oshirish mumkin? Biror bir jirkanch va qo‘rqinchli narsanida, albatta. Vaksina haqida gapirsiz! Axir butun boshli oldinlab ketgan dunyo nimanidir topish uchun bor-budini tikmoqda. Megakompaniyalarning megaishlanmalari haqida eshitganmisiz? Siz esa 38 parallel ortida topilgan, sakkizinchi yo‘lakda harakatlanayotgan hatto kadrga tushmaydiganlar haqida gapirasiz? Bu yerda nimadir o‘xshamayapti. Aslini olganda u yerda ommaviy qirg‘in uchun mo‘ljallangan biologik qurol yaratilmoqda, u oppozitsiyada sinalmoqda va bir ozdan so‘ng qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.

Demonstratsiya diagnostiki dlya obnarujeniya koronavirusa sentrom FMBA Rossii - Sputnik O‘zbekiston
G‘arb COVID-19 vaksinasini ishlab chiqish poygasida yutqazmoqda

Shu yerda negadir shvedlar asabiylashib qoldi. Nega aynan shvedlar, juda g‘alati. Axir ular boshqalarga o‘xshamaydigan-ku - koronavirusga tupurgan, barcha davlatlar uy-uylariga berkinib olgan bir vaqtda shvedlar skandinavlarga xos qaysarlik bilan ommaviy immunitetni shakllantirishda davom etdilar. Shuning uchun ham to hanuzga qadar yo‘talib, aksa urishmoqda. Olti mingga yaqini endi hech qachon yo‘tala olmaydi. Shunday ekan, jasorat qayga yo‘qoldi bir onda?

Stokgolm tonggi gazetasi bugun xo‘roz qichqirmasidan odamlarni qo‘rqitishga kirishgan. So‘roq qilingan barcha ekspertlar - o‘zlarining qo‘rquvda ekanliklarini tan olganlar. Hamma hatto o‘zi tushunmagan narsada ishonchi komilligini aytgan. Axir KXDRdagi ishlanmalar haqida hali hech narsa ma’lum emas. Bu ishlanmalarning mavjudligi ham hatto noma’lum.

Vaksina - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning COVID-19 ga qarshi birinchi vaksinasi tayyor bo‘ldi

Shvedlar keltirgan dalillarning bir qismini yuqorida keltirib o‘tdik. "Yovuz mamlakat"dan yaxshi narsa kutish kerakmas. Mamlakat qashshoq - shuning uchun ham yaxshi narsa kutib o‘tirma. Bu dalillar ko‘pchilikni qoniqtiradi. Koreyada hech kim kasal bo‘lmagan bo‘lsa - vaksina qayerdan paydo bo‘libdi? Unchalik kuchli argument emasku-ya, lekin omma uchun bo‘ladi. Ular biologik qurol ishlanmalariga ega bo‘lishgan! Hozir esa koronavirusga qarshi kurash bahonasida o‘ylab topilgan yaramas narsani bankadan olib chiqishdi - tez orada hammaga ko‘rsatib qo‘yishadi.

Ko‘rib turganingizdek, hammasi ishonarli. Shu yerda o‘rinli savol tug‘ilmoqda: endi buni nima qilsa bo‘ladi? Balki, taxminlar to‘g‘ri bo‘lib chiqmasidan ularning ustiga bomba tashlavorish kerakdir? Kolin Pauell probirkalari qayerda edi? Nimadir qolganmi ulardan?

Va oxirgisi - eng dahshatlisi. Agar Yer yovuzlik o‘qiga urilib, KXDR rostdan ham birinchi bo‘lib vaksinani ixtiro qilsa, u holda... bu koronavirus degani aynan o‘sha yerda yaratilganining isboti ekanini darhol ma’lum qilish kerak bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0