Jamiyat

Jeenbekov birinchi sinf oʻquvchilarini maktabda oʻqitishni taklif etdi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishNachalo uchebnogo goda v Moskve
Nachalo uchebnogo goda v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston prezidentining fikricha, birinchi sinf oʻquvchilarini masofadan oʻqitish nafaqat oʻqituvchilarga, balki ota-onalarga ham katta qiyinchilik tugʻdiradi.

TOSHKENT, 1 avg - Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov taʼlim vaziri va bosh vazirga birinchi sinf oʻquvchilarini masofadan turib emas, balki maktabda oʻqitish imkoniyatini koʻrib chiqishni taklif etdi. Bu haqda u "Birinchi radio" (OTRK)ga bergan intervyusi davomida maʼlum qilgan.

Pervыy zamestitel ministra narodnogo obrazovaniya Usman Sharifxodjayev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sharifxoʻjayev rus tili, onlayn-darslar va yangi oʻquv yili haqida

"Fikrimcha, masofadan turib oʻqitish, nafaqat oʻqituvchilar uchun, balki ota-onalarga ham qiyinchilik tugʻdiradi. Shu bois tegishli organlar bilan ushbu masala hozirda koʻrib chiqilmoqda", — dedi Jeenbekov.

U yaqinda taʼlim vaziridan yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayoni toʻgʻrisida maʼlumot olganini taʼkidlagan.

Maktablarni birinchi chorakda masofaviy oʻqitish bilan boshlash va soʻngra epidemiologik vaziyatga qarab qaror qabul qilish rejalashtirilgan, deb qoʻshimcha qilgan Jeenbekov.

Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Charchoqdan shikoyat qilgan maktab oʻquvchisi uyquda koronavirusdan vafot etdi

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar mutaxassislari bilan birgalikda tegishli tadqiqotlar yakuniga koʻra mamlakatda oʻquv yili boshlanishining uchta stsenariysini taqdim etgan edi.

Stsenariylarning birinchisiga asosan, epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sayin, maktablar odatdagi tarzga qaytadi. SSV virus hamon faol va uni maktab oʻquvchilari orasida yuqtirish ehtimoli yuqori degan xulosaga kelsa, oʻquv yili onlayn rejimida boshlanadi. Uchinchi stsenariyga koʻra, maktablar har bir tumandagi epidemiologik vaziyatga qarab, ham oʻqishga bevosita qatnashgan holda, ham masofadan turib ishlaydi. Darslarga qatnashish erkin boʻladi, yaʼni agar ota-onalar oʻz farzandlarining sogʻligʻidan xavfsirasa, masofadan turib oʻqitish rejimiga oʻtishlari mumkin. Yakuniy qarorni respublika maxsus komissiyasi eʼlon qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala