Oʻzbekiston Qahramoni - Yerniyazovning oʻlimi sabablari sanab oʻtildi

© Telegram / Koronavirus InfoPredsedatel Jokargы Kenesa Karakalpakstana Musa Yerniyazov
Predsedatel Jokargы Kenesa Karakalpakstana Musa Yerniyazov - Sputnik Oʻzbekiston
Kuni kecha 73 yoshida olamdan oʻtgan taniqli davlat arbobi Musa Yerniyazovga COVID-19 infektsiyasi oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan boʻlgan.

TOSHKENT, 1 avg - Sputnik. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining raisi – Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov oʻtkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etgan. Bu haqda Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Predsedatel Vыsshego Kengesha Respubliki Karakalpakstan Musa Yerniyazov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev Oʻzbekiston Qahramoni Yerniyazov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida yashagan Musa Yerniyazovda joriy yil 24 iyun kuni COVID-19 infektsiyasi tasdiqlangan va akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filialiga yotqizilgan.

Senatorga COVID-19 infektsiyasi oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Xastalik oʻtkir respirator distress sindrom, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir, poliorgan, oʻtkir jigar va buyrak yetishmovchiliklari, bosh miya shishi, insult kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, qandli diabet, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham ogʻrigan.

Bemor bir necha yildan buyon qandli diabet, gipertoniya, yurak ishemik kasalligi bilan davolanib yurgan va nazoratda turgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayuщix iz zarubeja - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar 24 mingdan oshdi

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli asosiy kasallik hisobiga keskin ogʻirlashib, kecha oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Eslatib oʻtamiz, Musa Tajetdinovich Yerniyazov Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari sifatida mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatda parlamentarizm tizimini rivojlantirish ishiga ulkan hissa qoʻshgan, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot uchun zarur boʻlgan muhim qonunlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻlida ayniqsa  faollik koʻrsatgan.

Musa Yerniyazovning davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari munosib taqdirlangan. U "Mehnat shuhrati" va "Fidokorona xizmatlari uchun" ordenlari, "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi" va "Oʻzbekiston qahramoni" degan yuksak unvonlar bilan mukofotlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala