Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar 24 mingdan oshdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayuщix iz zarubeja
V Urtachirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti poyavitsya karantinnaya zona dlya priletayuщix iz zarubeja - Sputnik Oʻzbekiston
Kuni kecha mamlakatda antirekord qayd etildi: 738 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlar qayd etilib, shulardan 627 nafari fuqarolar orasida aniqlangan

TOSHKENT, 1 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni sutka davomida 738 nafarga oshdi va 24 009 nafarga yetdi, deb xabar berdi Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Predsedatel Jokargы Kenesa Karakalpakstana Musa Yerniyazov - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbekiston Qahramoni, senator Musa Yerniyazov koronavirusdan vafot etdi

Qayd etilgan 738 nafar bemorlarning 111 nafari karantin markazidagi fuqarolardir. 627 holatda kasallik aholi orasida aniqlangan. Shuningdek, 31 iyul kuni Toshkent shahrida 5 bemor vafot etdi va qurbonlar soni jami 141 nafarga yetgan.

Bemorlardan 14 464 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 60 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infektsiyasidan davolanayotgan 9 404 bemordan 594 nafari ogʻir, 197 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Soʻnggi sutka davomida nafaqat Oʻzbekiston, balki butun dunyoda rekord darajada kasallanish (292 527 holat) qayd etilgan. COVID-19ga chalingan umumiy holat 17,1 milliondan oshib ketgan, deb xabar bermoqda Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti.

Zagryazneniye vozduxa - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirusdan ham xavfliroq: Olimlar yangi tahdid haqida

Tashkilot xabariga koʻra, sutka davomida COVID-19dan vafot etgan bemorlar soni 6812 nafarni tashkil etgan.

Pandemiya boshlanganidan buyon dunyo boʻyicha 17 106 007 ta bemorlanish holatlari qayd etilgan, vafot etganlar soni 668 910 nafarga yetgan.

Eng koʻp kasallanish holatlari Shimoliy va Janubiy Amerikada (9 152 173 holat) va Yevropada (3 333 300) qayd etilgan.

Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infektsiyasi tarqalishini pandemiya deb eʼlon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala