TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. UFC bilan shartnoma imzolagan ilk oʻzbekistonlik sportchi Mahmud Murodov navbatdagi jangini 2020 yilning 17 oktyabrida oʻtkazadi. Bu haqda sportchi oʻzining Instagram sahifasida maʼlum qildi.
“Doʻstlar, keyingi jangim 17 oktyabrda Kshishtof Yotkoga qarshi boʻlib oʻtadi. Xudo xohlasa, tez orada sizlarni yana bir gʻalaba bilan xursand qilaman! Qoʻllab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga katta rahmat” — deb yozib qoldirgan u.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Polshalik Kshishtof Yotko MMA’dagi faoliyati davomida 26 ta jang oʻtkazib, shularning 22 tasida gʻalaba qozongan, 4 tasida esa magʻlubiyatga uchragan.
Mahmud Murodov UFC’da hozirgacha ikkita jang oʻtkazgan. Har ikki jangda uning qoʻli baland kelgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Mahmud Murodovning UFCʼdagi uchinchi jangi bekor qilingani xabar qilingan edi.