TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Margʻilon shahrida fuqaro mashina olib qochdi va ikki nafar voyaga yetmagan bolalarni urib bordi. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB xabar qilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 31 iyul kuni fuqaro S.O. B.Margʻiloniy koʻchasida qarovsiz qoldirilgan S.R.ga tegishli “VAZ-2101” rusumli avtomashinani olib qochgan.
Yangiyoʻl kichik tor koʻchasida boshqarib ketayotib, qatnov qismini piyoda kesib oʻtayotgan voyaga yetmagan R.A. va T.A.larni urib yuborgan. Ular tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Shifoxonada R.A. vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi ochilgan. Ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.