TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi yangi birlashtirilgan koronavirus va pnevmoniya statistikasini taqdim etdi. Yangilangan statistika birinchi avgustdan olib boriladi.
1 avgust kuni laboratoriyada 1226 kishida COVID-19 tasdiqlangan. 36 kishi undan vafot etgan.
Shuningdek, 1 avgust kuni 5 181 kishi laboratoriyada aniqlamagan, biroq koronavirus infektsiyasining klinik va epidemiologik belgilari bor pnevmoniyaga chalingan. Bir kunda shunday tashxis qoʻyilgan 30 nafar bemor vafot etgan.
“Koronavirus infektsiyasi va pnevmoniyani roʻyxatga olishning oʻzgartirilgan yondashuvi zaruriy zaxiralarni: tibbiyot kadrlari, oʻrinlar, tibbiyot jihozlari, dori-darmonlarni mos ravishda rejalashtirish, kasallanishning toʻgʻri prognoz qilishga imkon beradi”, - deyilgan mamlakat vazirligi xabarida.
Iyun oyida Qozogʻistonda pnevmoniya bilan kasallangan va vafot etgan keskin oʻsgandi. Ularning koʻpchiligida koronavirusga oʻxshash belgilari boʻlgan, biroq PZR tahlili manfiy boʻlgan.
JSST bilan maslahatlashgandan soʻng Qozogʻiston SSV koronavirus va nomaʼlum pnevmoniya statistikasini birlashtirishini maʼlum qilgandi.
Qayd etish joizki, 17 iyuldan Qirgʻiziston ham koronavirus va pnevmoniya statistikasi birlashtirgandi U07.1 kodi (laboratoriyada tasdiqlangan COVID-19) va U07.2 (klinik-epidemiologik tasdiqlangan COVID-19 - kasalxonadan tashqari pnevmoniya) kodi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Qozogʻistonda 91 591 ta koronavirus bilan kasallanish qayd etilgan. 61 839 kishi kasallikni yenggan. Jami 793 kishi virus qurboniga aylangan.