Jamiyat

Tun davomida Samarqandda rekord darajada koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVo vsex istoricheskix obʼyektax Samarkanda ustanovlenы dezinfitsiruyuщiye tuneli.
Vo vsex istoricheskix obʼyektax Samarkanda ustanovlenы dezinfitsiruyuщiye tuneli. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hozirda mamlakatda 9 592 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 592 nafari ogʻir, 185 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda tun davomida koronavirus bilan kasallanganlar soni 257 nafarga oshdi. Shulardan 103 nafari Samarqand viloyatida aniqlangan. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Vo vremya operatsii po peresadke donorskoy pochki - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Buyragi transplantatsiya qilingan toshkentlik ayol COVID-19dan vafot etdi

Qolgan yangi kasallanganlarning 99 nafari Toshkent shahrida, 18 nafari Sirdaryo viloyatida, 14 nafari Qashqadaryo viloyatida, 9 nafari Navoiy viloyatida, 5 nafari Namangan viloyatida, yana 5 nafari Fargʻona viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu tariqa Oʻzbekistonda qayd etilgan koronavirus bemorlari soni 25 040 nafarga yetgan.

Shu paytga qadar 15 299 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (61 foiz) sogʻaygan. Qurbonlar soni 149 nafarni tashkil etmoqda.

Hozirda mamlakatda 9 592 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 592 nafari ogʻir, 185 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0