Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus qurbonlari soni 150 nafardan oshdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka oʻtishLecheniye bolnыx s COVID-19
Lecheniye bolnыx s COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Andijon viloyati va Toshkent shahrida navbatdagi koronavirusdan oʻlim holati kuzatildi. Jami qurbonlar soni 151 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirus bilan kasallangan andijonlik va toshkentlik fuqarolar vafoti haqida xabar qildi.

Andijon tumanida yashagan 63 yoshli B.P. (erkak)da COVID-19 tasdiqlangach, nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygan holatda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 ning oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Kasallik oʻtkir respirator distress sindromi, oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Vo vsex istoricheskix obʼyektax Samarkanda ustanovlenы dezinfitsiruyuщiye tuneli. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tun davomida Samarqandda rekord darajada koronavirus aniqlandi

U oʻtkir nafas, yurak qon-tomir hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Poytaxtning Uchtepa tumanida yashagan 56 yoshli D.SH. (ayol)da COVID-19 tasdiqlangan va tana harorati koʻtarilib, nafas yetishmovchiligi kuchayganligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 ning oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Kasallik oʻtkir respirator distress sindromi, oʻtkir nafas yetishmovchiligi, oʻpka shishi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Ayol oʻtkir nafas va yurak qon-tomir  yetishmovchiligi, oʻpka shishidan vafot etgan.

Shu tariqa Oʻzbekistonda koronavirus qurbonlari soni 151 nafarga yetdi.

Yangiliklar lentasi
0