SSSR olimpiyachilari o‘z g‘alabalari uchun qancha pul olishdi va gonorarlarini nimaga sarflashdi

© Sputnik / Yuriy Somov / Mediabankka o‘tishLitsevaya storona zolotoy medali XXII Olimpiyskix igr 1980 goda
Litsevaya storona zolotoy medali XXII Olimpiyskix igr 1980 goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimpiada-80da sovrinli o‘rinlarni egallaganliklari uchun sovet sportchilari qanday mukofot olishgan va pullarini nimaga sarflaganlari - Sputnik materialida.

TOShKENT, 3 avg - Sputnik, Maksim Ognenniy, Lev Rijkov, Aleksey Stefanov. SSSR sportchilari Moskva Olimpiadasi-80da yuqori natijalarga erishgani uchun turli mukofotlardan keyin ham munosib pullarni olishgan. Sportchilar mashinalar sotib oldi, ta’mirlash ishlarini olib bordi, kimdir esa mukofotni ota-onalariga berdi.

Daromad solig‘i to‘lovi bilan

Davlat Moskva Olimpiadasida medalni qo‘lga kiritgan sovet sport qahramonlarini qanday rag‘batlantirdi?

Mashhur chavandoz, SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, ikkita Olimpiya medallari sovrindori Viktor Ugrumov narxlarni eslaydi.

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka o‘tishPrizeri sorevnovaniy po viezdke na Bolshoy priz v lichnom pervenstve (sleva napravo): Yuriy Kovshov (SSSR) - "serebro", Elizabet Toyrer (Avstriya) - "zoloto", Viktor Ugrumov (SSSR) - "bronza". XXII letnie Olimpiyskie igri. Sentralniy stadion imeni V.I. Lenina (nine stadion "Lujniki")
SSSR olimpiyachilari o‘z g‘alabalari uchun qancha pul olishdi va gonorarlarini nimaga sarflashdi - Sputnik O‘zbekiston
Prizeri sorevnovaniy po viezdke na Bolshoy priz v lichnom pervenstve (sleva napravo): Yuriy Kovshov (SSSR) - "serebro", Elizabet Toyrer (Avstriya) - "zoloto", Viktor Ugrumov (SSSR) - "bronza". XXII letnie Olimpiyskie igri. Sentralniy stadion imeni V.I. Lenina (nine stadion "Lujniki")

"1980 yildagi Olimpiya o‘yinlarida birinchi o‘rin uchun to‘lov 4 ming rublni, ikkinchi o‘rin uchun - 2 mingni, uchinchi o‘rin uchun - 1,5 mingni va shu tariqa oltinchi o‘ringa ming rubl berishgan, - deydi Viktor Ugrumov. Jamoaviy hisobda "oltin"ni, yakka birinchilikda esa "bronza"ni qo‘lga kiritganim uchun jami 5,5 ming rubl oldim".

Medallar uchun mukofotlar "sof" holda emas, balki soliqlar va boshqa moddalarni, masalan, bolasizlik uchun ushlab qolingan holda berildi.

"Oltin" uchun 4 ming tshlashgan, undan daromad solig‘ini ushlab qo‘limizga 3600 yoki 3700 rubl – aniq esimda yo‘q- chiqardi, - deydi Moskva Olimpiya o‘yinlarida yettita medalga erishgan afsonaviy gimnast Aleksandr Ditatin. - Menda uchta "oltin" va to‘rtta "kumush" bo‘lgan.

© Sputnik / Dmitriy Donskoy / Mediabankka o‘tishAleksandr Ditatin, absolyutniy Olimpiyskiy chempion 1980 goda po sportivnoy gimnastike, vipolnyayet uprajnenie na kolsax. XXII letnie Olimpiyskie igri
SSSR olimpiyachilari o‘z g‘alabalari uchun qancha pul olishdi va gonorarlarini nimaga sarflashdi - Sputnik O‘zbekiston
Aleksandr Ditatin, absolyutniy Olimpiyskiy chempion 1980 goda po sportivnoy gimnastike, vipolnyayet uprajnenie na kolsax. XXII letnie Olimpiyskie igri

Gimnastikachi yettita Olimpiya medallari uchun soliqdan keyingi aniq summasi esida yo‘q. Uning aytishicha, bu taxminan 20 ming rubl bo‘lgan. Ammo shunga qaramay u ko‘prog‘ini kutgan.

"Oltin medal uchun bizga 10 mingdan va’da qilishgan, shuning uchun kutilgan va haqiqatdagi mablag‘lar farqlar yaqqol", - deya qo‘shimcha qiladi sportchi.

Sportchi Moskvadan qancha uzoq yashagan bo‘lsa, ushlab qolish shuncha ko‘p bo‘lgan. O‘tkazmalar uchun katta miqdorda mablag‘lar ushlab qolinardi. Shu nuqtayi nazardan, sobiq SSSR respublikalari sportchilariga omad uncha kulib boqmadi.

"O‘sha paytda menga mukofot medali uchun uch ming rubldan ko‘proq pul to‘lashdi, - deb eslaydi Olimpiada-80 sovrindori Larisa Savkina. - Va shuningdek, Moskvadan men yashagan Ozarbayjonga o‘tkazayotganda ham ulardan kattagina foiz ushlanib qoldi. Ya’ni, o‘sha paytga bu kichik xam emas edi, ammo zamonaviy olimpiyachilar oladiganicha ko‘p emas".

O‘zbekistonga jo‘natish uchun gonorarning taxminan beshdan bir qismi ushlanib qolingan.

"M ukofot pullarini biz g‘am 1.5 ming rubldan oldik, - deydi Valentina Zazdravnix, chim ustida xotin-qizlar xokkeyida Olimpiada-80 "bronza" sovrindori. - Barcha ushlanmalarni hisobga olganda, 1200 rubl qolgan".

Avtomobillar, mebel va linoleum

Olimpiyachilar mukofot pullarini nimalarga sarflashdi? Asosan, albatta, ular qimmat xaridlar qilishgan.

© Sputnik / Sergey Lidov / Mediabankka o‘tishOlimpiyskiy chempion 1976 goda, chempion SSSR fextovalshik Viktor Krovopuskov
SSSR olimpiyachilari o‘z g‘alabalari uchun qancha pul olishdi va gonorarlarini nimaga sarflashdi - Sputnik O‘zbekiston
Olimpiyskiy chempion 1976 goda, chempion SSSR fextovalshik Viktor Krovopuskov

"Moskvada ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdim, - deydi qilichboz Viktor Krovopuskov. - Men mukofotni asosan mebelga sarfladim. Olimpiada arafasida menga poytaxtdan kvartira berishdi. U mutlaqo bo‘sh edi va men jihozlarni sotib olishga muvaffaq bo‘ldim. Unda "Volga" narxi, menicha, 4,5 ming rubl bo‘lgan ("Volga", modeliga qarab 10 dan 15 ming rublgacha bo‘lgan -tahr.). Endi medalchilarga Qizil maydonga mashinalar kalitlari bilan yetkab kelinmoqda. O‘sha paytlar esa mashina sotib olish huquqi uchun kurashish kerak edi. Odamlar juda ko‘p edi, xohlovchilar ham ko‘p edi!".

O‘z mukofot pullarini ham yettita Olimpiya medallari sovrindori Aleksandr Ditatin ham shu tarzda sarfladi.

"Men darhol yangi mashina sotib oldim, eskisini sotib yubordim va Leningrad markazidagi to‘rt xonali uyimni to‘liq jihozladim", - dedi afsonaviy gimnast.

Boshqa bir sportchi, suzuvchi Vladimir Salnikov, Olimpiada-80da uchta birinchi o‘rinni egallagan, aytiladiganidek, tiyin-tiyinigacha aniq sarf qildi.

"Uchta oltin medal uchun men VAZ rusumli avtomashinani sotib olishga muvaffaq bo‘ldim, - deb eslaydi Salnikov. – Oltinchi model, 2106, lekin eksport varianti. Shu bilan tugadi".

© Sputnik / Savelyev / Mediabankka o‘tishAvtomobili marki GAZ-24 ("Volga") v sexe gotovoy produksii Gorkovskogo avtomobilnogo zavoda
SSSR olimpiyachilari o‘z g‘alabalari uchun qancha pul olishdi va gonorarlarini nimaga sarflashdi - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobili marki GAZ-24 ("Volga") v sexe gotovoy produksii Gorkovskogo avtomobilnogo zavoda

Birinchi o‘rin uchun medal sohibi Galina Savkinaning mukofot puli esa mashinaga yetmadi.

"Ushbu pul ustiga erim bilan qo‘shimcha qarz olib, "Jiguli"ning so‘ngi modelini  sotib oldik, - deydi Olimpiada-80 chempioni. – Juda hayratlanarlisi, biz mukofot puli haqida o‘ylamaganmiz ham. O‘sha paytga aql bovar qilmaydigan mukofot bo‘lishini tasavvur ham qilmaganmiz. Hozirda men ham olimpiyachilarimiz uchun xursandman. Davlat mashinalarni hadya qilish imkoni bo‘lsa, bu yaxshiku. Sportchilar bunga loyiq. Ammo hozir odamlar boshqacha bo‘lib ketishgan. Hozirda odamlarga rag‘batlantirish kerak va u shundagina yuqori natijalarga intiladi".

Olimpiada-80 bronza medali sovrindori Valentina Zazdravnix ham fursatdan foydalanib, mashina sotib oldi.

"Andijonda hammamizga navbatdan tashqari mashina sotib olishga ruhsat berildi, - deb tushuntiradi sportchi. Bu tanqis ediku! Avtomobil sotib olish uchun biz bir necha yil kutishimiz kerak edi. Bizga, xokkey terma jamoasi qizlariga, kim mashina sotib olishni xohlasa navbatdan tashqari imkoniyat berildi. Mashina oddiy "Jiguli" edi. Ammo barchasi ham sotib ololmadi. Ba’zilariga esa shunchaki kerak emas edi".

Hamma ham mashina ololmadi. Barcha medal sovrindorlari shaxsiy transportiga ega bo‘ldi deb o‘ylash xato bo‘ladi.

"Menga Olimpiya medali uchun ikki ming rubl miqdoridagi mukofot puli ajratildi, - deb eslaydi Olimpiada-80 kumush chempioni, o‘zbekistonlik sportchi Ruslan Yambulatov. - Men uni kvartiramni ta’mirlashga sarfladim. Aniqrog‘i uch rulon Yugoslaviya linoleumini sotib oldim, u o‘sha payt tanqis edi. Uni uch xonali kvartiramga soldim. Bitta rulonning narxi 500 rubldan oshiq edi".

Ba’zi olimpiyachilar mukofot pullarini umuman sarflamadilar.

"Men doim pullarga nisbatan bir xil munosabatda bo‘lganman - men faqat o‘zimga keragini sotib olganman, oshiqcha hashamat qilmaganman, keyin shogirdlarimning ota-onalari qarz so‘rashdi, - deydi Moskva Olimpiadasining ikki karra medal sovrindori Viktor Ugrumov. – Shu tariqa hammasini berib yubordim. Hech qanday foizlar haqida gap ketmagan ham. Keyin esa qayta qurish yuz berdi, hammasi qadrsizlana boshladi, qarzlar hamon qaytarib berishmadi, lekin mening omadim chopdi – u odamlar insofli bo‘lib chiqdi. Ular bilan o‘tirdik, ular mendan olgan pullarga nima sotib olganlarini va bu narsalarning hozirgi narxini hisobladik va ular kurs bo‘yicha dollarda qaytarib berishdi. Shu payt birinchi nabiram dunyoga kelgan edi – barchasini qizimga berib qo‘ya qoldim".

Olimpiyachi avtomobilni navbatsiz sotib olish huquqini toshkentlik do‘stiga berib yubordi.

Suzuvchi Aleksandr Sidorenko ham o‘ziga sarflab o‘tirmadi. Sportchining so‘zlariga ko‘ra, uning otasi uzoq vaqtdan beri mashinani orzu qilgan, natijada olimpiada mukofotini medalchi otasiga berib yubordi.

© Sputnik / Yuriy Somov / Mediabankka o‘tishChempion Yevropi i mira 1978 goda, chlen Olimpiyskoy sbornoy SSSR po plavaniyu Vladimir Salnikov (sprava) so svoim trenerom Igorem Koshkinim
SSSR olimpiyachilari o‘z g‘alabalari uchun qancha pul olishdi va gonorarlarini nimaga sarflashdi - Sputnik O‘zbekiston
Chempion Yevropi i mira 1978 goda, chlen Olimpiyskoy sbornoy SSSR po plavaniyu Vladimir Salnikov (sprava) so svoim trenerom Igorem Koshkinim

Turar-joy uchun kurash

Sportchilarda mukofot puliga kirmagan  yana bir imtiyozi bor edi. Ularga Sovet Ittifoqida kvartiralar berilishi mumkin edi, bu kvartiralar ham navbatda turganlar orasida taqsimlangan edi - ular o‘n yoki undan ko‘p yil kutishlariga to‘g‘ri kelardi, ammo ularga tekin berilardi. Va mamlakat g‘ururi bo‘lgan Olimpiada chempionlariga navbatda navbatdan tashqari uy berildi.

"Olimpiadadan so‘ng, erim ikkalamizga Bokuda kvartira berildi, - deydi oltin medal sovrindori Larisa Savkina. - Menga bu kvartira Garik Kasparovdan “meros” bo‘lib o‘tdi, unga sport qo‘mitasidan shaxmat bo‘yicha jahon chempionligiga nomzod sifatida kattaroq va yaxshig‘i berildi".

Yettita medal sovrindori Aleksandr Ditatin o‘z xizmatlari uchun Leningrad markazida to‘rt xonali kvartirani oldi. Ammo bunday baxt uchun kurashishga to‘g‘ri keldi.

"Bu yashash sharoitlarini yaxshilash deb nomlanardi, chunki bundan oldin menda kichikroq kvartira bor edi, - deydi chempion. - Rafiqam, o‘g‘lim Alosha va ota-onam bilan Olimpiada-80 gacha uch xonada yashaganmiz. Ammo biz darhol ko‘chib o‘tolmadik. Leningrad shahar ijroqo‘mi raisi menga markazda to‘rt xonali kvartira uchun hujjatga imzo chekdi, ammo ayon bo‘lishicha, uzoq vaqt davomida menga mos keladiganini topa olishmagan".

Natijada, sportchi tashabbusni o‘z qo‘liga olishga majbur bo‘ldi. O‘rtoqlari gimnastga o‘zi uchun boshqa alternativa topish mumkinligini aytishdi va buni qanday qilish kerakligini tushuntirishdi.

"Tayyor variant bilan men kvartiralar taqsimlanadigan joyga keldim, topganimni aytdim, order berishlarini so‘radim, - deya davom ettiradi Aleksandr Ditatin. - Albatta, buni qilishni istamagan amaldorlar ham bor edi – go‘yo men kimmanki ular menga kvartira berishga majbur? Ammo barchasi yaxshi yakunlandi va sharoitlarimni yaxshilab berishdi".

Ko‘p yillar o‘tgach, katta o‘g‘li allaqachon ulg‘ayganida va Aleksandr Ditatin o‘z rafiqasi bilan ajrashganida, Sankt-Peterburg markazidagi "sport uyi" uchta kvartiraga almashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0