“Temir daftar” nima va u qanday shakllantiriladi – vazirlik izohi

© Sputnik / Maksim BlinovList bumagi v ruke
List bumagi v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari “temir daftar” borasida tushuncha berdi.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva “temir daftar” borasidagi savolga javob berdi.

“Temir daftar” — karantin sharoitida ishsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarning mahallada shakllantirilgan shaffof ro‘yxati”, - dedi u AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda.

Uzbekskie denejnie znaki - sum - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yordam puli nega barcha qiynalganlarga tarqatilmadi - Mahmudjo‘jayev izohi

“Temir daftar” o‘z navbatida fuqarolar yig‘inlari raisining sektor va hudud rahbari bilan hamkorlikdagi faoliyatini mustahkamlaydi.

Uni yuritishda ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi, jumladan:

- kam ta’minlangan;

- nogironligi bo‘lgan;

- ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar;

- yakka-yolg‘iz keksalar;

- doimiy ishsiz fuqarolar;

- karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar;

Koronavirus bo‘yicha to‘lovlardan shikoyat qilmoqchimisiz - manzillar ro‘yxati

- og‘ir epidemiologik hududlardan qaytarib kelingan fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, mas’ul xodimlar o‘zining kunlik amalga oshirgan ishlari yuzasidan “Temir daftar”idagi ma’lumotlarni saxovat.argos.uz saytiga raqamli imzo kaliti orqali elektron shaklda kiritib borishi haqida ma’lumot berildi.

“Temir daftar”ga tushgan oilaning hech bo‘lmaganda bitta a’zosini joriy yilda ish bilan ta’minlanib, shu orqali ularni muhtojlikdan chiqarish choralari ko‘riladi.

Yangiliklar lentasi
0