Yaqin yuz yilda insoniyat global suv toshqiniga duch kelishi mumkin – olimlar

© REUTERS / KYODO KyodoPosledstviya navodneniya v Yaponii
Posledstviya navodneniya v Yaponii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avstraliyalik olimlar yaqin yuz yil davomida Yerni global suv toshqini kutayotgani haqida ogohlantirdi. Osiyoda Xitoy, Bangladesh va Hindistonning ba’zi hududlari zarar ko‘rishi mumkin.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Avstraliya olimlari yaqin 100-yilda dunyo global falokatga duch kelishi mumkin, bu haqda RIA FAN Nature jurnaliga asosan xabar qildi. Olimlarning fikriga ko‘ra, yaqin yuz yilda insoniyat global suv toshqiniga duch keladi. Bu faol okean sathining ko‘tarilishi bilan bog‘lanmoqda.

Posledstviya opolznya v Yaponii — video s bespilotnika - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiyada kuchli toshqin va yer ko‘chkisi sodir bo‘ldi – dron yordamida olingan video

Birinchidan, olimlarning fikriga ko‘ra, toshqin dengiz sathidan 10 metr balandlikda joylashgan hududlarga tahdid solmoqda.

Shuningdek, suv toshqini xavf solishi mumkin bo‘lgan joylar ko‘rsatilgan xarita keltirilgan: Amerika Qo‘shma Shtatlarida 2100-yilga kelib Shimoliy Karolina, Virjiniya va Merilend shtatlari hududlari qisman suv ostida qolishi mumkin, Yevropada - shimoliy Germaniya va Fransiya, Osiyoda Xitoy, Bangladesh va Hindistonning ba’zi hududlari, Okeaniya - Avstraliyaning shimoliy qismi zarar ko‘rishi mumkin.

Olimlar Buyuk Britaniyani suv sathining ko‘tarilishining "asosiy qurboni" deb atashdi.

Yangiliklar lentasi
0