O‘zbekistonda koronavirus: 4-avgust asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishNMIS xirurgii im. A.V. Vishnevskogo
NMIS xirurgii im. A.V. Vishnevskogo  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir sutka davomida 254 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26 804 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 4  avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Vrach vo vremya vaksinatsii - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga qarshi qozoq vaksinasi sentabrda sinovdan o‘tkaziladi

Bir sutka davomida 254 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26 804 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlari: 218 nafari — Toshkent shahrida, 23 nafari — O‘rtasaroy karantin markazida; 31 nafari — Samarqand viloyatida, 3 nafari — Toshkent viloyatida, 2 nafari — Andijon viloyatida aniqlandi.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 576 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 17 835 nafarga yetdi.

Ayni paytda 8 803 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida ikki bemor – Toshkentda 64 yoshli va 30 yoshli erkaklar vafot etdi.

Ularga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Hamroh kasalliklar (yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya) bilan ham og‘rigan.

O‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorlar o‘tkir yurak qon-tomir, nafas va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Logotip Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga qarshi samarali dori vositasi paydo bo‘lmasligi ham mumkin - BSST rahbari

O‘zbekistonda jami 163 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Karantin qachon bekor qilinadi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov karantin qanday sharoitda bekor qilinishi mumkinligini ma’lum qildi.

“Xabaringiz bor, navbatdagi karantin davri 15-avgustgacha uzaytirilgan. Biz ma’lum darajadagi plato chizig‘iga, barqarorlikka erishishimiz, kelgusida kasallanishlar holatini kamaytirishimiz va karantin cheklovlarini bekor qilishimiz uchun hozirgi vaqtda o‘rnatilgan cheklovlarga amal qilishda davom etishimiz kerak”, – dedi Abduhakimov.

Bu haqda batafsil.

Vatanga qaytgan talabalar

Uzbekistan Airways maxsus reysi bilan Qozondan 300 nafar talaba O‘zbekistonga olib kelindi.  Talabalar Samarqand va Toshkentga olib kelindi. Ular 14 kunlik karantin o‘tkazishi uchun alohida tashkil qilingan muassasalarga joylashtirildi. Bundan avval Sibir federal okrug oliygohlarida tahsil olayotgan 100 nafar talab olib kelindi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 18,2 millionga yetdi, 692 ming kishi vafot etdi, 10,9 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (4,7 mln), Braziliyada (2,8 mln), Hindistonda (1,9 mln).

Yangiliklar lentasi
0