Jamiyat

Bogʻchalar faoliyatini tiklashga tayyorgarlik koʻrilmoqda – vazirlik

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDeti v detskom sadu
Deti v detskom sadu - Sputnik Oʻzbekiston
Taʼkidlanishicha, bogʻchalar faoliyati tiklanishi bolalarni normal maishiy hayot, oʻyinlar va taʼlim jarayoniga qaytishiga yordam beradi.

TOSHKENT, 6 avg — Sputnik. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida koronavirus pandemiyasi sababli toʻxtatilgan faoliyat jarayonini tiklashga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Bogʻchalar faoliyati tiklanishi bolalarni normal maishiy hayot, oʻyinlar va taʼlim jarayoniga qaytishiga yordam beradi.

Taʼkidlanishicha, virus tarqalishi va uni yuqtirib olish xavfini bartaraf etish maqsadida joriy etilgan taqiq choralarini hisobga olgan holda, qoʻshimcha xavfsizlik choralari ham tatbiq etilishi koʻzda tutilgan.

Ammo bolalar oʻrtasidagi oraliq masofa, ularning ijtimoiy faolligi, amaliy mashgʻulotlari va rivojlantiruvchi oʻyinlariga xalaqit bermasligi lozim.

Vazirlik BMT Bolalar jamgʻarmasining koʻmagida pandemiya sharoitida MTTlarda ish jarayoni qanday tamoyillar asosida tashkil etilishi tasvirlangan videorolik tayyorladi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala