Jamiyat

Test sinovlari 2 sentyabrdan boshlanadi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishShkolniki pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena v sredney obщeobrazovatelnoy shkole №13 Vladivostoka
Shkolniki pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena v sredney obщeobrazovatelnoy shkole №13 Vladivostoka - Sputnik Oʻzbekiston
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Oʻktam Salomov test sinovlari qachon boshlanishini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 7 avg — Sputnik. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Oʻktam Salomov test sinovlari qachon boshlanishini eʼlon qildi.

Stadion Bunedkor - Sputnik Oʻzbekiston
OTMlarga test sinovlari stadionlarda oʻtkaziladigan boʻldi

OTMlarga kirish imtihonlari 2 sentyabrdan boshlab, 2 hafta davomida oʻtkaziladi. 

7 avgust kuni AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida qayd etilishicha, test sinovlari ochiq stadionlarda, kuniga 2 smenada tashkil etiladi.

“Avgust oyida barcha binolar va stadionlarni jihozlashni amalga oshiramiz” — dedi DTM boshqarma boshligʻi Barno Rajabov.

Rajabovning soʻzlariga koʻra, natijalarni eʼlon qilishda oʻzgarish boʻlmaydi. Xuddi har yilgidek test sinovlari oʻtkazilgan kunining ertasiga abituriyentning shaxsiy sahifasida eʼlon qilinadi.

Kuni kecha Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yopiq binolar epidemiologik talabga javob bermasligi, ijtimoiy masofaga rioya qilingan taqdirda imtihonlar vaqti anchaga choʻzilib ketishini inobatga olib, test sinovlarini Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlaridagi stadionlarda tashkil etish yuzasidan topshiriq berilgandi.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev taʼkidlashicha, test sinovlari uchun 155 stadiondan 40 ga yaqin stadion jalb etilishi rejalashtirilgan. Stadionning soyalik darajalari va boshqa sharoitlarga eʼtibor qaratilgan. Soyabonlar qoʻyilishi malasiga ham eʼtibor qaratiladi. Ota-onalar uchun kutish joylari, shifokorlarga sharoit yaratish kabi tashkiliy masalalar hal qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala