Jamiyat

BSST Turkmanistonda COVID-19ni aniqlash uchun mustaqil test oʻtkazadi - Berdimuhammedov rozi

© Sputnik / StringerFlag Turkmenistana
Flag Turkmenistana - Sputnik Oʻzbekiston
Tashkilot vakillari bayonotiga koʻra, Turkmanistonda pnevmoniya kasalligi bilan bogʻliq holatlarni qayta tekshirish zarur

TOSHKENT, 8 avg — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bor-yoʻqligini aniqlash uchun saralash metodi bilan test oʻtkazishga rozilik berdi, deb xabar qildi BSST Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge.

Flag Turkmenistana - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Turkmanistonda koronavirus bormi? JSST missiyasining safari yakunlandi

"Bugun men va (BSST bosh direktori ) Tedros Adxanom Gebreyesus Turkmaniston prezidenti bilan mamlakatdagi COVID-19 bilan bogʻliq vaziyat yuzasidan uchrashuv oʻtkazdik. BSST COVID-19siz kechayotgan pnevmoniya holatlari koʻpayib borayotganidan tashvishdaligini bildirdi va tashkilot xodimlari mamlakatda COVID-19 bor-yoʻqligini aniqlash uchun mustaqil ravishda tahlillarni yigʻib, ularni BSSTning referent laboratoriyalariga yuborish taklifi bildirildi. Prezident rozi boʻldi", - deb yozgan Klyuge Facebookdagi sahifasida.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin Turkmaniston prezidenti, BSST bilan oʻtkazilgan onlayn-muzokaralar davomida koronavirus genomini oʻrganish boʻyicha BSSTning maxsus dasturini tayyorlash taklifini bildirgani haqida xabar qilingan edi. Berdimuhamedovning soʻzlariga koʻra, COVID-19ga doir qator oʻz yechimini topmagan masalalar mavjud, xususan, uning kelib chiqishi, tarqalish yoʻllari va mutatsiya kabi.

Hukumat xabariga koʻra, Turkmanistonda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilmagan. Shunga qaramay, mamlakatda niqob rejimi va servis, savdo hamda stransport sohasidagi faoliyat turlariga qator cheklovlar joriy etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala