Dunyoda

Beyrut markazida toʻqnashuvlar boshlandi

© AP Photo / Hussein MallaZaderjaniye uchastnikov aktsii protesta v Beyrute
Zaderjaniye uchastnikov aktsii protesta v Beyrute - Sputnik Oʻzbekiston
Muxbir soʻzlariga koʻra, huquq tartibot xodimlari odamlarni parlament binosidan uzoqlashtirish uchun koʻz yoshi keltiruvchi gazlardan foydalanishmoqda. Miting ishtirokchilari bunga javoban ularni toshboʻron qilmoqda.

TOSHKENT, 8 avg – Sputnik. Livan poytaxti Beyrut markazida parlament binosi oldida namoyishchilar va politsiyachilar ishtirokida ommaviy toʻqnashuvlar boshlandi. Tartibsizliklar davomida koʻz yoshi keltiruvchi gaz va toshlardan foydalanilmoqda, deb xabar qiladi RIA Novosti muxbiri hodisa joyidan.

Beyrutdagi portlashning ayanchli oqibatlari - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Beyrutdagi dahshatli portlashning ayanchli oqibatlari - foto

Xabarga koʻra, 16.00 da hukumatga qarshi miting boshlangan. U darhol tartibsizliklarga aylanib ketgan.

Muxbir soʻzlariga koʻra, huquq tartibot xodimlari odamlarni parlament binosidan uzoqlashtirish uchun koʻz yoshi keltiruvchi gazlardan foydalanishmoqda. Miting ishtirokchilari bunga javoban ularni toshboʻron qilmoqda.

Huquq tartibot organlari vakillari xalq bosimi hamda toshboʻron tufayli ortga chekinmoqda. Hududga qoʻshimcha kuchlar jalb etilayapti.

Eslatib oʻtamiz, Livan poytaxti Beyrut shahrida 4 avgust kuni kechki vaqt dahshatli portlash yuz berdi. Livan Bosh vaziri Xassan Diabga koʻra, portlash Beyrut portida olti oy davomida kerakli tartibda saqlanmagan 2 750 tonna ammiak selitrasi tufayli yuz bergan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 154 kishi portlash qurboniga aylangan, 60dan ziyod odam bedarak yoʻqolgan. Minglab odamlar jarohatlangan. Beyrut gubernatori Marvan Abbud portlash oqibatida shahar 15 milliard dollar zarar koʻrganini maʼlum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala