Siyosat

Toliblar AQShga qarshi Rossiya bilan til biriktirilganini rad etdi

© AP / Allauddin KhanBoyeviki dvijeniya Taliban*
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston
Tolibon harakati siyosiy ofisi rasmiy vakili Suxayl Shaxin soʻzlariga koʻra, ushbu "notoʻgʻri va asossiz maʼlumot Qobul milliy xavfsizlik departamenti tomonidan tinchlik oʻrnatish  jarayoniga putur yetkazish maqsadida amerika va yevropaning ayrim jurnalistlariga taqdim etilgan".

TOSHKENT, 8 avg - Sputnik. Rossiya toliblarni oʻz tomoniga "ogʻdirib olgani" haqidagi xabarlarda bironta rost soʻz yoʻq, bu Afgʻonistonda tinchlik jarayoni oʻrnatilishiga qarshi boʻlganlar tomonidan yoʻlga qoʻyilgan kampaniyaning bir qismidir, dedi RIA Novostiga bergan intervyusida "Tolibon" radikal harakati siyosiy ofisining rasmiy vakili Suxayl Shaxin.

MID RF - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Asossiz daʼvolar". Rossiya TIV NYT'ning eng soʻnggi maqolasiga izoh berdi

"Ular (tinchlik jarayoni dushmanlari - tahr.) unga ziyon yetkazmoqchi, xalal beryapti", - dedi Shaxin telefon orqali olingan intervyu davomida.

Uning soʻzlariga koʻra, ushbu "notoʻgʻri va asossiz maʼlumot Qobul milliy xavfsizlik departamenti tomonidan "tinchlik oʻrnatish  jarayoniga putur yetkazish maqsadida amerika va yevropaning ayrim jurnalistlariga taqdim etilgan".

"Bu xabarlarda haqiqatga toʻgʻri keladigan hech vaqo yoʻq, bu shunchaki tinchlik jarayoniga qarshi kampaniya. Va biz bunday bayonotlarni toʻlaligicha rad etamiz", - dedi toliblar siyosiy ofisi vakili.

Ilgariroq New York Times gazetasi bir maqola chop etgan boʻlib, unda allaqanday rossiya harbiy razvedkasi boʻlinmasi toliblarni pul evaziga Afgʻonistondagi xalqaro koalitsiya harbiy xizmatchilariga hujum uyushtirishga daʼvat qilgani haqida aytilgan edi.

Andrey Serenko - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Serenko: faqat "fantazyorlar" AQShning toliblar bilan bitimiga optimizm bilan qaraydi

New York Timesdagi maqoladan soʻng Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi ushbu yolgʻon maqola tufayli ijtimoiy tarmoqlarda "ruslar bilan hisob-kitob qilish"ga doir chaqiriqlar paydo boʻlgani haqida xabar berdi. Tahdidlar haqidagi maʼlumotni diplomatlar AQSH va Davlat departamenti huquq-tartibot organlariga topshirdilar.

TIVda ushbu maqola yolgʻon, deya baholandi, tashqi siyosiy mahkama rahbari Sergey Lavrov ushbu ayblovlarni Qoʻshma Shtatlarda boʻlib oʻtadigan saylovlar oldidagi ichki siyosiy kurash bilan bogʻladi.

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻz navbatida ushbu maqolani "buyurtma" deb atadi va amerika razvedkasi New York Times xabarini ishonchga sazovor, deb topmaganini xabar qildi. Pentagon ham "til biriktiruv"ni tasdiqlovchi dalillarga ega emasligini maʼlum qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala