Dunyoda

Belarus prezidenti saylovlari boʻlib oʻtgan deb tan olindi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Fotobankka oʻtishVыborы prezidenta Belarusi
Vыborы prezidenta Belarusi - Sputnik Oʻzbekiston
Belarus prezidenti saylovlari natijalari tan olinishi uchun saylovchilarning 50 foizidan ziyodi ovoz berishi kerak.

TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Soat 12:00 da (mahalliy vaqt bilan) Belarusda prezident saylovlari boʻlib oʻtgan deb tan olindi. Bu haqda Sputnik Belarus nashri Markaziy saylov komissiyasi raisi Lidiya Yermoshina soʻzlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Prezidentskiye vыborы v Belorussii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Belarusda prezident saylovlari boʻlib oʻtmoqda

Yermoshinaning soʻzlariga koʻra, soat 12:00 da saylovda ovoz berganlar 54 foizni tashkil etdi va bu saylovni boʻlib oʻtgan deb tan olishga imkon beradi.

Belarus prezidenti saylovlari natijalari tan olinishi uchun saylovchilarning 50 foizidan ziyodi ovoz berishi kerak. Saylanish uchun ovozlarning yarmidan koʻpini olish talab etiladi.

Belarusda besh nomzod prezidentlik kursisi uchun kurash olib borishmoqda: Aleksandr Lukashenko (amaldagi prezident), Sergey Cherechen (Belarus sotsial-demokratlar partiyasi raisi), Anna Kanopatskaya (sobiq deputat, tadbirkor, huquqshunos), Andrey Dmitriyev  (jamoat arbobi, “Govori pravdu” birlashmasi hamraisi), Svetlana Tixanovskaya (roʻyxatdan oʻtish rad etilgan gomellik blogerning rafiqasi).

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala