TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Bugun, 9 avgust kuni Belarusda prezident saylovlari boʻlib oʻtmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik Belarus nashri.
Bu mustaqillikka erishgan Belarus tarixidagi oltinchi prezident saylovlari sanaladi.
Saylov uchastkalari soat 08:00 da ochiladi va soat 20:00 gacha ishlaydi. Soʻngra ovozlarni hisoblash boshlanadi. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi saylovning dastlabki natijalarini dushanba kuni ertalab eʼlon qilishni vaʼda bermoqda.
Roʻyxatdan oʻtgan besh nomzod prezidentlik kursisi uchun kurash olib borishmoqda: Aleksandr Lukashenko (amaldagi prezident), Sergey Cherechen (Belarus sotsial-demokratlar partiyasi raisi), Anna Kanopatskaya (sobiq deputat, tadbirkor, huquqshunos), Andrey Dmitriyev (jamoat arbobi, “Govori pravdu” birlashmasi hamraisi), Svetlana Tixanovskaya (roʻyxatdan oʻtish rad etilgan gomellik blogerning rafiqasi).

4 avgust kuni boshlangan muddatidan oldin ovoz berishda 40 foizdan ziyod saylovchilar oʻz ovozlarini berib boʻlishgan.