Farg‘onadan So‘xga kichik aviatsiya transportida qatnov yo‘lga qo‘yiladi

© uzairways.comVertolet Mi-8MTV-1
Vertolet  Mi-8MTV-1 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga samolyot va vertolot orqali aholiga maqbul narxlarda qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviatsiya transportida parvozlar yo‘lga qo‘yiladi. O‘zbekiston prezidenti tegishli qarorni imzoladi.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
So‘x aholisi joriy yilda yer va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etildi

“Transport vazirligi Qirg‘iziston Respublikasi havo hududidan foydalanish masalasi to‘liq hal etilgandan keyin bir hafta muddatda Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti orqali aholiga maqbul narxlarda qatnovlar yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasin”, - deyilgan qarorda.

Farg‘ona viloyati hokimligiga bir oy muddatda So‘x tumanida samolyot va vertolotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchalarini tashkil etish vazifasi yuklatildi.

Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligiga Qirg‘iziston havo hududidan foydalanish masalasini hal etish vazifasi topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0