Navoiyda oltin “shaydolari” qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Uchquduq tumanida eski oltin konidan tarkibida oltin zarralari bo‘lgan toshlarni noqonuniy yo‘l bilan qazib olayotganlar ushlandi. Ulardan musodara qilingan qoplarda 230 million so‘mlik oltin borligi aniqlandi.

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi “Aygul-partiya” eski oltin konidan tarkibida oltin zarralari bo‘lgan toshlarni noqonuniy yo‘l bilan qazib olayotgan ikki fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Dobicha zolota - Sputnik O‘zbekiston
Paxtachida yana bir toshdan oltin ajratib olish sexi fosh etildi

Fuqaro T.J. o‘zining “Ford” avtomashinasida 17 ta qopga joylangan 1264 kg tarkibida oltin zarralari bo‘lgan mayda toshlarni, fuqaro Sh.M. esa xuddi shunday rusumli mashinasida 33 ta qopga joylangan 1654 kg toshlarni olib chiqib ketayotganida to‘xtatib qolingan.

Mutaxassislar fuqaro T.J. o‘zlashtirgan toshlardan 148 gr (89 mln so‘m), fuqaro Sh.M.dan olingan toshlardan esa 234 gr (141 mln so‘m) miqdordagi oltin moddasi borligi aniqlashdi.

Hozirda Novoiy viloyati Uchquduq tumani IIB xodimlari mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0