Iqtisod

Soʻx aholisi uchun Fargʻonaning besh tumanida yer ajratiladi

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Fotobankka oʻtishPosev podsolnechnika v poselke Dvubratskom
Posev podsolnechnika v poselke Dvubratskom - Sputnik Oʻzbekiston
Soʻxliklar uchun Fargʻona viloyatining Yozyovon, Qoʻshtepa, Bagʻdod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratiladi.

TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Soʻx tumani aholisi uchun Fargʻona viloyatining 5 ta tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratiladi. Bu prezident qarorida koʻzda tutilgan.

Yer viloyatning Yozyovon, Qoʻshtepa, Bagʻdod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida ajratiladi.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Soʻx aholisi joriy yilda yer va mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod etildi

Soʻx tumani hokimiga Fargʻona viloyati hokimligi bilan kelishgan holda 2022 yil 1 yanvarga qadar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar uchun, istisno tariqasida, sugʻoriladigan yer maydonlaridan tashqari yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri ajratish huquqi beriladi.

Fargʻona viloyati hududida markazlashtirilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlariga, shuningdek, sanoat korxonalarida yangi tashkil etilayotgan ish oʻrinlariga Soʻx tumani aholisini keng jalb qilish belgilangan.

Fargʻonadan Soʻxga kichik aviatsiya transportida qatnov yoʻlga qoʻyiladi

Shuningdek, prezident tumanning ish bilan bandligi taʼminlanmagan aholisining bir qismini Toshkent shahrida yirik obʼyektlarda amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlariga tizimli ravishda jalb qilish vazifasini topshirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala