Iqtisod

Soʻx aholisi joriy yilda yer va mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident qarori bilan Soʻx tumanida 2020 yilda jismoniy shaxslar yer soligʻi va mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod etiladi.

TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “2020-2021 yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga imzo chekdi.

Qarorga koʻra:

  • Soʻx tumanida 2020 yilda jismoniy shaxslar yer soligʻi va mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod etiladi;
  • joriy yil 1 avgustdan boshlab 2021 yil 31 iyulga qadar:
  • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi amaldagi qatʼiy belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi;
  • alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini olish uchun yigʻimni toʻlashdan ozod qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala