Hodisalar

“Oʻgʻlimni oʻzingga isitib olding”: Toshkentda bir ayolni uch kishi qiynoqqa soldi

Ikki nafar muqaddam sudlangan ayol va ularning dugonasi 29 yoshli G.E.ni tahqirlab kaltakladi. Ayollardan biri jabrlanuvchini oʻgʻlini oʻziga isitib olishda ayblagan.

TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoni oʻrganib chiqdi. Unda 3 nafar ayollar boshqa bir ayolni tahqirlab kaltaklayotgani aks etgan.

Maʼlum boʻlishicha, hodisa 7 avgust kuni Sergeli tumanida sodir boʻlgan. Ayollarning shaxslari aniqlangan: 41 yoshli fargʻonalik M.M. (muqaddam qoʻshmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash moddasi bilan sudlangan) 35 yoshli surxandaryolik SH.P. (muqaddam oʻgʻrilik moddasi bilan sudlangan) va 23 yoshli fargʻonalik SH.K. Jabrlanuvchi – 29 yoshli fargʻonalik G. E.

Kulak - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Xorazmda xotini bor erkak bilan uchrashgan qiz “samosud” qilindi

M.M. jabrlanuvchini oʻgʻlini oʻziga sehrlab olishda ayblagan. Shuning uchun dugonalari bilan uni adabini berib qoʻymoqchi boʻlgan. Soʻngra buni videoga olib, jabrlanuvchini sharmanda qilish uchun internetga joylashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan kuni Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 110 moddasi 1 qismi (qiynash) bilan jinoiy ish ochilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala