Jamiyat

Oʻzbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 30 mingdan oshdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka oʻtishMeditsinskiy rabotnik vozle krovati patsiyenta
Meditsinskiy rabotnik vozle krovati patsiyenta - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hozirda mamlakatda 8691 nafar davolanmoqda. Ulardan 974 nafari ogʻir, 274 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda tun davomida 279 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 30 197 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 142 nafari Toshkent shahrida, 133 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida aniqlangan.

Testirovaniye rossiyan na nalichiye antitel k COVID-19 v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent viloyati tun davomida aniqlangan koronavirus boʻyicha poytaxtni ortda qoldirdi

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli Q.YA. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 62 yoshli S.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlarning umumiy soni 190 nafarni tashkid etmoqda.

Shu paytga qadar 21316 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (71 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 8691 nafar davolanmoqda. Ulardan 974 nafari ogʻir, 274 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0