Dunyoda

AQShning Rossiyaga qarshi sanktsiyalar uchun nishonlar roʻyxati deyarli tugadi

© AP Photo / J. David AkeFlagi SSHA
Flagi SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
AQSH prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Robert O'Brayen Rossiyaga qarshi sanktsiyalar uchun nishonlar roʻyxati deyarli tuganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 10 avgust - Sputnik. Rossiyaga qarshi oʻta koʻp sanktsiyalar joriy qilindi, shu sababli ular uchun yangi nishonlar deyarli qolmadi. Buni AQSH prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Robert O'Brayen CBS telekanaliga bergan interyusida tan oldi.

Uning soʻzlariga koʻra, Oq uyning oldingi maʼmuriyatlarining hech biri "hozirgisi kabi Rossiyaga nisbatan qattiqqoʻl boʻlmagan", chunki Trampning Oval kabinetda boʻlgan davrida AQSH Rossiyaning yuzlab tashkilotlari va jismoniy shaxslariga cheklovlar joriy etdi.

Rossiya i Turtsiya proveli sovmestnoye patrulirovaniye v siriyskoy provintsii Aleppo-Latakiya - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Gʻarb birinchi marta ruslarning Suriyadagi harbiy muvaffaqiyatini tan oldi

"Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni qoʻllashimiz mumkin boʻlgan deyarli hech kim qolmadi ... Biz Rossiyaga qarshi oʻta koʻp sanktsiyalar joriy etdik – alohida shaxslar, kompaniyalar, hukumat. Ruslarga (sanktsiyalar joriy etishga imkoniyatlar) uncha qolmadi, ammo biz ularga signallar yuborishda davom etamiz", - deya uning soʻzlarini keltiradi RIA Novosti.

Amerika saylovlariga aralashish haqida gapirganda, O'Brayen, AQSH bir qator davlatlarning ularga taʼsir oʻtkazishga urinishlaridan xabardor ekanligini yana bir bor taʼkidladi. Uning taʼkidlashicha, agar Vashington chet eldan saylov jarayoniga yangi aralashuvlarni qayd etsa, hukumat "Xitoy, Rossiya yoki Eron boʻlishidan qatʼi nazar" eng qatʼiy choralarni koʻradi.

"Ularning rahbarlari prezident sifatida Trampnimi yoki Djo Baydenni afzal koʻrishlaridan qatʼi nazar, farqi yoʻq", - deya qoʻshimcha qildi AQSH prezidentining maslahatchisi.

Yangiliklar lentasi
0