Dunyoda

Belarusda namoyishchilar va OMON oʻrtasida toʻqnashuvlar yuz berdi - video

© AFP / SERGEI GAPONPara na skutere pered OMONom vo vremya aktsii protesta posle zakrыtiya izbiratelnыx uchastkov na prezidentskix vыborax v Belarusi
Para na skutere pered OMONom vo vremya aktsii protesta posle zakrыtiya izbiratelnыx uchastkov na prezidentskix vыborax v Belarusi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan tunda Belarus poytaxtida va bir qator viloyat markazlarida tartibsizliklar yuz berdi. Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun shovqinli granatalar qoʻlladi.

TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. Oʻtgan tunda Belarusda qator tartibsizliklar yuz berdi.

Vыborы prezidenta Belarusi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Belarus prezidenti saylovlari: milliy ekzitpol natijalari eʼlon qilindi

Minskda exit poll’ning birinchi natijalari eʼlon qilingandan soʻng oppozitsion yetakchilar chaqiruviga binoan aholi  “ovozlarni sanash jarayonini nazorat qilish uchun” saylov uchastkalariga kelishni boshladi.

Saylov uchastkalari yopilishidan oldin ham, politsiya kuchlari Mustaqillik saroyi, prezident qarorgohi yaqinida oʻrnatilgan stela oldida toʻplana boshlagan edi.

Soat 22larda Minsk markazidagi Gʻalaba maydonida namoyishchilar oʻrtasida toʻqnashuv yuz berdi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari noqonuniy namoyish qoʻlga olishni boshladilar. Oʻsha vaqtda mingga yaqin odam toʻplangandi.

Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun shovqinli granatalar qoʻlladi. Namoyishchilari politsiya tomon fayer yondirib uloqtirishdi.

Minsk koʻchalarida turli portlash ovozlari eshitildi. Namoyishchilar toʻplangan joylarga tashlangan militsiya ularni kuch bilan tinchitishga urindi.

Bir nechta namoyishchi va jurnalist jarohat oldi.

Politsiya yuk mashinasi namoyishchi ustiga harakatlandi

Minsk markazida politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun maxsus mashinalardan foydalandi. Bir necha kishi, ulardan biri jiddiy jarohat oldi.

Tarqalgan videolardan birida yuk mashinasi namoyishchilar ustiga harakatlangani va bir kishi unga yopishib olgani, keyin esa yerga yiqilgani koʻringan.

Belarusning boshqa viloyatlarda ham notinch edi. Vitebsk markazidagi Lenin maydonida ham namoyishchilarni qoʻlga olindi. Maydon yaqinidagi koʻchalar toʻsib qoʻyildi.

Brest, Grondo markazida ham namoyish aktsiyalariga toʻplangan kishilar OMON kuchlari tomonidan tarqatildi, qoʻlga olinganlar bor. Politsiya namoyishchilarga qarshi koʻzdan yosh oqizdiruvchi gaz qoʻlladi.

Ayni vaqtda Minsk markazi namoyishchilardan boʻshab qoldi. Koʻchalarda maxsus texnika, OMON kuchlari qolmoqda. Koʻchalarda qolgan namoyishchilar ushlanmoqda.

Respublika Tergov qoʻmitasi xabar berishicha, tartibsizliklar va zoʻravonlik holatlari boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi. Tartibsizliklar tashkilotchilari va ishtirokchilari 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala