TOSHKENT, 10 avg - Sputnik. Xitoy Amerikaning bir qator amaldorlariga qarshi sanktsiyalar joriy etganini maʼlum qildi, bu chora Gonkong boʻyicha sanktsiyalarga javoban kiritildi, deb xabar qildi RIA Novosti Xitoy TIV vakili Chjao Litszyanning bayonotiga asosan.
Xitoy rasmiy vakili 11 nafar Amerikaning rasmiylariga sanktsiyalar qoʻllanilganini maʼlum qildi. Xususan, roʻyxatga senatorlar Marko Rubio va Ted Kruz ham kiritildi.
Avvalroq AQSH Moliya vazirligi materik Xitoy va Gonkongning 11 yuqori lavozimli amaldorlariga nisbatan sanktsiyalar joriy etgan edi. Ushbu harakatni bu odamlar "Gonkong avtonomiyasini buzganligi va Gonkong fuqarolarining soʻz va yigʻilish erkinligini cheklaganligi" bilan tushuntirgan.
Avvalroq Sputnik radiosi ekspertning Xitoyning AQShga qarshi sanktsiyalari qanday tahdid solayotganini gapirib bergani haqida xabar bergan edi.